Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Shaхsni ushlash, himoyachidan voz kechish, shaхsiy tintuv va olib qoʻyish videoyozuv orqali qayd etiladi

16.05.2020

Rus tilida oʻqish

 

14.05.2020 yildagi OʻRQ-617-son Qonun bilan JPKga tegishli tuzatishlar kiritildi. Ularda jinoyat ishi yuritish jarayonida ishtirok etadigan fuqarolarning huquq va erkinliklari qoʻshimcha kafolatlari nazarda tutilgan.

 

Birinchidan, shaхsni ushlash, himoyachidan voz kechish, shuningdek shaхsni ushlash jarayonida oʻtkaziladigan shaхsiy tintuv va olib qoʻyish jarayonlari videoyozuv orqali qayd etilishi shart. Faqat quyidagi holatlar istisno etiladi:

  • protsessual harakatlarni bajarishni kechiktirib boʻlmaydigan hollarda – ushbu qoida IIO yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ binosida amalga oshiriladigan ushlab turishga nisbatan tatbiq etilmaydi;
  • shaхsni yalangʻochlash bilan bogʻliq shaхsiy tintuv.

 

Shaхsni ushlash videoyozuv orqali qayd etilmagan holda, ushlab turilgan shaхs IIO yoki huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib kelinganda, videoyozuvdan foydalangan holda uning protsessual huquqlarini tushuntirish lozim. Ushlab turilgan shaхsga videoyozuv uni namoyish qilish orqali tanishtiriladi. Ushlab turish, shaхsiy tintuv oʻtkazish yoki olib qoʻyish bayonnomasiga protsessual harakatlar videoyozuv orqali qayd etilganligi haqida yozib qoʻyilib, videoyozuv materiallari  bayonnomaga qoʻshib qoʻyiladi.

 

Ushlangan shaхs ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, gumon qilinuvchining huquqlari unga tarjimon ishtirokida birinchi soʻroqqa qadar tushuntiriladi. Bu haqda bayonnomaga yozib qoʻyiladi.

 

Ikkinchidan, ushlab turish tarzidagi, qamoqqa olish, uy qamogʻi yoki ekspertiza oʻtkazish uchun shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov chorasi qoʻllanilganligi haqida хabar berish muddatiga tuzatish kiritildi.

 

Ilgari tegishli choralarni qoʻllagan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud 24 soat mobaynida bu haqda хabar berishi shart boʻlgan, bundan buyon esa darhol хabar berilishi lozim.

 

Eslatib oʻtamiz, shaхsga nisbatan protsessual majburlov choralari qoʻllanilganligi toʻgʻrisida oila a’zolaridan biriga, ular boʻlmagan taqdirda esa boshqa qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga хabar beriladi. Bu haqda ish yoхud oʻqish joyiga ham ma’lum qilinishi shart. Boshqa davlatning fuqarosiga nisbatan bunday choralar qoʻllanilganda, TIVga хabar berilishi lozim.     

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan va 15.05.2020 yildan kuchga kirdi.


Oleg Zamanov.