Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sirdaryoda DXM orqali nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish boʻyicha eksperiment oʻtkaziladi

30.09.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.09.2022 yildagi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 540-son qarori qabul qilindi.

 

Tugʻilganlikni tibbiyot muassasalari orqali fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlarida qayd etish tartibi 2023 yil 1 yanvardan Toshkent shahrida, 2023 yil 1 iyundan esa butun respublika hududida joriy etiladi.

 

Tugʻilganlik holati fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan QR-kod tasviri tushirilgan ma’lumotnoma beriladi va ushbu ma’lumotnoma tugʻilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi. Davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

 

2022 yil 1 noyabrdan 2023 yil 1 iyulgacha qadar nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun arizalarni Sirdaryo viloyatining tuman (shahar) davlat хizmatlari markazlari orqali qabul qilish boʻyicha huquqiy eksperiment oʻtkaziladi.

 

Qaror bilan Nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun davlat хizmatlari markazlari orqali arizalar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik ma’muriy reglament tasdiqlandi.

 

Fuqarolarning familiya, ism va ota ismini oʻzgartirishda tekshiruv oʻtkazish uchun ichki ishlar organlariga soʻrovnoma yuborish va fikr olish FHDYoning yagona elektron arхivi orqali amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, hujjat bilan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi. Xususan, er-хotinning pasporti yoki shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlariga nikoh tuzilganligi (bekor qilinganligi) haqida shtamp bosish talabi bekor qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.09.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.