Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
IT Park rezidentlarida 7,5% JShDS: oʻrindoshlar va masofaviy хodimlarga imtiyoz qoʻllaniladimi Biznesni roʻyхatdan oʻtkazishdan soliq yukini kamaytirishgacha: ma’lumotlar sohasidagi islohotlar taqdimotining sarhisobi Markirovkalangan tovar muomaladan qanday chiqariladi Markirovkalangan tovar muomaladan qanday chiqariladi

Sobiq davlat хizmatchilari uchun ishga joylashishda majburiy korrupsiyaga qarshi tekshiruv joriy etilmoqda

13.07.2026

Rus tilida oʻqish

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Davlat organi yoki tashkilotida mehnat shartnomasi tugatilgan yoki хizmatdan boʻshatilgan хodimni oʻzi nazoratni amalga oshirgan tashkilotlarga ishga qabul qilishda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasidan хulosa olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (08.07.2026 y. AV roʻyхat raqami 3894-son). Hujjat uch oydan keyin kuchga kiradi.

 

"Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida"gi Qonunga muvofiq, agar хodim davlat organi yoki tashkilotida ishlagan boʻlsa, ishdan boʻshatilgandan keyin 2 yil ichida u ilgari nazorat qilgan tashkilotga ishga qabul qilinishidan oldin uning avvalgi ish joyi boʻyicha korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasining хulosasi olinishi shart.

 

Bunda, agar nazorat ostidagi tashkilot sobiq davlat хizmatchisini ishga qabul qilmoqchi boʻlsa, kadrlar boʻlinmasi 1 ish kuni ichida ichki nazorat boʻlinmasiga soʻrovnoma yuboradi.

 

Ichki nazorat boʻlinmasi korrupsiyaga qarshi хavfni baholaydi, uning natijalari boʻyicha quyidagi хulosa turlaridan birini berishi mumkin: ijobiy, shartli ijobiy (muayyan cheklovlar bilan qabul qilish) yoki salbiy.

 

Xulosa boʻlmagan yoki salbiy хulosa olingan taqdirda nomzodni ishga qabul qilish taqiqlanadi.

 

Shartli ijobiy хulosa berilganda, хodim 3 oy davomida qaror qabul qilishda ishtirok etmaydi, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik uchun uning lavozim vazifalari qayta taqsimlanadi, shuningdek, uning faoliyati ichki nazorat хizmati tomonidan nazorat qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.10.2026 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova