Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xitoyda QQS qanday tuzilgan Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlardan JShDS boʻyicha hisobot proaktiv tartibda qanday toʻldiriladi Ta’lim muassasalarida oziq-ovqatga soliq solinadimi

Sud-ekspertlik faoliyatini tashkil etishning yangi qoidalari belgilandi

16.06.2026

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan "Sud-ekspertlik faoliyati toʻgʻrisida"gi Qonun (11.06.2026 y. OʻRQ-1152-son) imzolandi. U 6 oydan soʻng kuchga kiradi.

 

Adliya vazirligi tomonidan Sud-tibbiy ekspertlarining davlat reyestri va Sud-ekspertiza tuzilmalarining davlat reyestri yuritiladi.

 

Sud-ekspertlik faoliyati bilan ham davlat, ham nodavlat tashkilotlari shugʻullanishi mumkin.

 

Qonunda sud-tibbiy ekspertiga qoʻyiladigan kasbiy va malaka talablari belgilangan. Xususan, davlat va nodavlat sud-tibbiy ekspert lavozimini oliy ma’lumotga ega boʻlgan, sud-tibbiy ekspertizasining muayyan mutaхassisligi boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtgan va sud-tibbiy ekspertizalar oʻtkazish huquqini beruvchi tegishli guvohnomaga ega boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi egallashi mumkin.

 

Tekshirishlarni oʻtkazish va хulosa tayyorlash uchun sud ekspertizasini tayinlagan organ sud ekspertiga zarur tekshirish ob’yektlari va ish materiallarini taqdim etadi. Sud ekspertizasini oʻtkazish muddati 30 kalendar kunni tashkil etadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.12.2026 yildan kuchga kiradi.


                                     Lola Abduazimova