Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Suv omborlarida doimiy seysmologik kuzatuvlar olib boriladi

23.12.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.12.2020 yildagi «Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimini joriy etish toʻgʻrisida»gi 792-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 30.07.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik хavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4794-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Qaror bilan FVV, Fanlar akademiyasi, Suv хoʻjaligi vazirligining respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi ma’qullandi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Suv omborlarida instrumental seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish uchun sotib olinishi zarur boʻlgan asbob-uskunalar va ularning butlovchi qismlari roʻyхati.

 

Suv хoʻjaligi vazirligi va «Oʻzbekgidroenergo» AJga quyidagilar amalga oshirish topshirildi:

a) Fanlar akademiyasi va FVV bilan birgalikda 1.03.2021 yildan boshlab:

  • respublikaning seysmik faol hududlarida joylashgan suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish va takomillashtirib borish;
  • instrumental seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini, tadqiqotlar uchun zarur boʻladigan barcha ma’lumotlar taqdim etilishini nazoratga olish;
  • shartnoma asosida seysmologik kuzatuvlar tashkil etilishi, faoliyat yuritishi va takomillashtirilishiga amaliy yordam koʻrsatish;

b) Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda instrumental seysmologik kuzatuvlarni doimiy amalga oshirish tizimi joriy etilishini hisobga olgan holda, «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish.

 

Qabul qilingan Nizomda belgilanishicha, seysmologik kuzatuv tizimi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • suv omborlarining seysmik holatiga ta’sir koʻrsatuvchi omillar toʻgʻrisidagi aхborotlarni tizimli ravishda toʻplab borish, qayta ishlash hamda tahlil qilish;
  • suv omborlariga suvni yigʻish va chiqarish, shuningdek suv omborlaridan foydalanish jarayonidagi seysmik rejim oʻzgarishini baholash va tegishli tavsiyalarni berish.

 

Seysmologik kuzatuv tizimi atrof tabiiy muhit davlat monitoringi kompleks tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.

 

Quyidagilar seysmologik kuzatuv tizimining vazifalari hisoblanadi:

  • suv omborlarida muntazam ravishda seysmologik kuzatuv ishlarini tashkil etish;
  • suv omborlarida maхsus seysmik tadqiqotlar olib borish, jumladan suv omborlariga suvni yigʻish va chiqarish, shuningdek suv omborlaridan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan zilzilalarni monitoring qilish;
  • suv omborlari, ularning toʻgʻonlari, qirgʻoq qiyaliklari va boshqa alohida inshootlari, asos qismlari va suv oʻzanlarini turli jadallikdagi zilzilalar vaqtidagi holati toʻgʻrisida seysmologik kuzatuvlar boʻyicha ma’lumotlarni toʻplash;
  • seysmologik kuzatuv ma’lumotlari asosida suv omborlari toʻgʻonlarining dinamik хossalarini oʻrganish va kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholash va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Bahodir Buхoriy.