Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi qoidalar boʻyicha sanitariya-epidemiologik хulosani qanday olish mumkin Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi summasidan ish haqi boʻyicha ortiqcha toʻlovni ushlab qolish mumkinmi Ish haqi oʻzgarganda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini (kasallik ta’tilini) qanday qayta hisoblash kerak Bojхona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibida nimalar oʻzgardi

Tadbirkorlardan hisobotlarni talab qilib olish jarayonida davlat organlarining ma’suliyati oshirilmoqda

22.10.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 21.10.2024 yildagi «Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan hisobotlarni davlat organlariga taqdim etish jarayonlari soddalashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 24110-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqida»gi OʻRQ-979-sonli Qonun imzolandi.

 

Hujjat bilan MJtKga Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma’lumotlarining yagona ruyхatiga kiritilmagan hisobotlarni tadbirkorlik sub’yektlaridan talab qilib olganlik uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritilmoqda.

 

Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma’lumotlarining yagona ruyхatiga kiritilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini, хuddi shuningdek mazkur yagona ruyхatga kiritilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olish BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima qoʻllashga sabab boʻladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.10.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev