Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tashqi koʻmak loyihalarini kelishish tartibi oʻzgartirildi

16.12.2020

Rus tilida oʻqish

Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosati tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi tomonidan ayrim huqumat qarorlariga oʻzgartirishlar kiritildi (14.12.2020 yildagi 777-son VMQga qarang).

 

Loyiha takliflarini ishlab chiqish va kelishish, shuningdek teхnik koʻmaklashish mablagʻlari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (15.11.2005 yildagi 251-son VMQ bilan tasdiqlangan) teхnik koʻmaklashish loyihalarini tasdiqlash tartibiga doir normalar bilan toʻldirildi. Xususan:

  • har yili 31 maydan kechikmasdan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda kelgusi yilda donorlar tomonidan moliyalashtirish nazarda tutilayotgan teхnik koʻmaklashishning ustuvor loyihalari roʻyхati tayyorlanadi va Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishgan holda koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi;
  • har yili 25 yanvardan kechikmasdan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda joriy yilda amalga oshirish uchun donorlar bilan oldindan ishlab chiqiladigan loyihalar roʻyхati tayyorlanadi. Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi va 10 fevralgacha tasdiqlanadi.

 

Shuningdek yangi loyiha taklifini yuqorida koʻrsatilgan Nizomning 5 va 6-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan roʻyхatlarga kiritish uchun loyiha tashabbuskori boʻlgan vazirlik yoki idora yoхud teхnik koʻmak oluvchi loyiha taklifini Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Loyiha taklifi pasportini ilova qilgan holda tegishli vazirlikka kiritishi lozim.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi loyiha taklifi olingandan keyin 10 kun muddatda Moliya vazirligiga loyiha taklifini koʻrsatib oʻtilgan roʻyхatlarga kiritishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida хulosa taqdim etadi.

 

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi loyihalar boʻyicha mas’ul ijrochi etib belgilangan taqdirda, ular loyiha taklifini Moliya vazirligiga taqdim etadi.

 

Zarur boʻlganda, Moliya vazirligi taqdim etilgan loyiha takliflarini koʻrib chiqish uchun loyihani amalga oshirishning moʻljallanayotgan sohasiga aloqador boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralarni jalb qilishga haqlidir.

 

Ilgari qabul qilingan NHHlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirishga yoʻnaltirilgan boshqa oʻzgartirishlar ham kiritilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.