Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tashqi savdo operatsiyalari: valyuta va tovarlar kelib tushsa, jarima boʻlmaydi

28.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazorati toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi (24.10.2019 yildagi PF-5856-son Farmonga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, qonunchilikda muddatlar belgilangan:

a) import kontraktlari boʻyicha – tovarlarni respublikaga olib kirish va “erkin muomala uchun chiqarish” rejimiga rasmiylashtirish, ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish yoki ular uchun toʻlangan pul mablagʻlarini qaytarish muddati (Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomning 13-bandiga qarang);

b) eksport operatsiyalari boʻyicha - tushum tushishi yoki tovarlarni qayta olib kirish muddati (shu yerda 14-bandga qarang).

 

Agar koʻrsatilgan muddatlar 30 (kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun - 60) bank kunidan ortiq buzilgan boʻlsa, TIF ishtirokchisidan respublika byudjeti daromadiga jarima undiriladi.  Uning miqdori oʻtkazib yuborilgan umumiy muddatga bogʻliq boʻlib, tushmagan valyuta yoki oʻz vaqtida rasmiylashtirilmagan tovarlar (bajarilmagan ishlar, koʻrsatilmagan хizmatlar) summasiga karrali ravishda hisoblab chiqiladi: 180 kungacha – 10%, 180 kundan 365 kungacha – qoʻshimcha 20%, 365 kundan ortiq – qoʻshimcha 70%.

 

Biroq, yangi qoidalarga binoan mahalliy import qiluvchilar va eksport qiluvchilar jarima qoʻllanilishining oldini olish va hatto byudjetga undirilgan jarimani qaytarib olish imkoniyatiga egalar. Buning uchun valyuta eksport qiluvchilarga tushishi, import qiluvchilar esa tovarlarni olib kirishlari  va rasmiylashtirishlari (ishlar bajarilishini va хizmatlar koʻrsatilishini ta’minlashlari) lozim:

  • jarimani qoʻllash masalasini koʻrib chiqish paytiga kelib – bu holda jarima qoʻllanilmaydi;
  • sudning jarima qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorini ijro etish paytiga kelib - qoʻllanilgan jarima toʻlanmaydi;
  • jarima qoʻllanilganidan keyin 90 kunlik muddat ichida  - toʻlangan jarima Davlat byudjetidan qaytarib berilishi lozim. Qaytarish tartibini Hukumat bir oy muddatda aniqlashtiradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.10.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.