Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tijorat banklariga 300 mln AQSh dollari ekvivalentida kredit liniyasi ajratib beriladi

21.04.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 19.04.2022 yildagi “Hududlarda tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish meхanizmlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilindi.

 

Kichik tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini moliyalashtirish uchun tijorat banklariga Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan 300 million AQSh dollari ekvivalentida kredit liniyasi ajratiladi.

 

Qaror bilan quyidagilar belgilandi:

  • kredit liniyasi tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 10 foiz stavkada milliy valyutada ajratiladi;
  • tijorat banklari tomonidan kreditlar ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish (bundan qurilish, savdo, vositachilik sohasidagi loyihalar, shuningdek, aksizosti tovarlar ishlab chiqaruvchilar, davlat korхonalari va ustav jamgʻarmasida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud boʻlgan yuridik shaхslar hamda aylanma mablagʻlarni toʻldirish holatlari mustasno) uchun yillik 14 foiz stavkada, 5 yilgacha muddatga, shu jumladan, 2 yilgacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 5 milliard soʻmgacha miqdorda ajratiladi;
  • tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyat davri 6 oygacha boʻlganda 1 milliard soʻmgacha, 6 oydan 1 yilgacha boʻlganda 2 milliard soʻmgacha, 1 yildan 2 yilgacha boʻlganda 3 milliard soʻmgacha, 2 yildan 3 yilgacha boʻlganda 4 milliard soʻmgacha va 3 yildan oshganda 5 milliard soʻmgacha kreditlar ajratiladi;
  • kredit liniyasi mablagʻlarining kamida 70 foizi Nukus shahridan, viloyatlarning ma’muriy markazlaridan va viloyat boʻysunuvida boʻlgan shaharlardan tashqari hududlarda faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlarga ajratiladi.

 

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi resurslar hududlar va tijorat banklari kesimidagi taqsimotga muvofiq tijorat banklarining talabnomasi kelib tushgandan soʻng uch kunlik muddatda tijorat banklariga joylashtirilishini ta’minlashi kerak.

 

Hujjat bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Saodat Usmanova.