Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz saytidagi yangi funksionallarni hisobga olgan holda aylanma soligʻi hisobotiga qanday oʻzgartirishlar kiritish mumkin Mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadni aniqlash tartibi

Toshkent shahrida AKT chuqurlashtirib oʻqitiladigan iхtisoslashtirilgan maktab ochiladi

15.09.2017

Prezidentning 14.09.2017 yildagi PQ-3274-son qarori bilan  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga iхtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish nazarda tutilmoqda. Hujjat davlat rahbari saytida joylashtirilgan.

 

Iхtisoslashtirilgan maktab Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshida ochiladi. U Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi aniq fanlarga iхtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi negizida tashkil etiladi.

 

Yangi oʻquv yurtiga Mirzo Ulugʻbek informatika kasb-hunar kollejining bino va inshootlari (Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Tepamasjid koʻchasi, 4-uy manzilida joylashgan) bepul beriladi. Bunda kollejning 2-3-bosqich oʻquvchilari oʻqishni bitirgunlariga qadar koʻrsatilgan manzilda qoladilar.

 

Iхtisoslashtirilgan maktabga oʻquvchilar XTV hamda Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan belgilanadigan kvota asosida 5-sinfdan boshlab yozma va ogʻzaki sinov natijalariga koʻra tanlov asosida qabul qilinadi. Iхtisoslashtirilgan maktabdagi ta’lim jarayoniga TATU va Toshkent shahridagi Inha universiteti professor-oʻqituvchilari jalb etiladi.

 

Shuningdek, hujjat bilan “Muhammad al-Xorazmiy izdoshlari” nomli mukofotni ta’sis etish topshirildi. U respublikaning maktab yoshidagi iqtidorli oʻquvchilariga matematika, fizika va informatika fanlarini integratsiyalashgan holda qamrab olgan koʻrik-tanlov natijalariga koʻra beriladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov, 

 ekspertimiz