Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Transport vazirligining tashkil etilishi va istiqboldagi boshqa rejalar

30.11.2018

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 27.11.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonida boshqalar qatori yaqin istiqboldagi rejalar qayd etilgan: 


  • transport tarmogʻini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga solishga oid barcha kompleks masalalar uchun javob beradigan Transport vazirligini tashkil etish yuzasidan taklif kiritish (15.01.2019 yilgacha);

  • qoʻshimcha kompaniyalarning, shu jumladan, kam byudjetli aviakompaniyalar (loukosterlar) va tijorat aviatsiyasi хizmatlarini koʻrsatadigan korхonalar faoliyati uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish (1.06.2019 yilgacha);

  • 2019–2030 yillarda aviatsiya transporti sohasini isloh qilish va aeroportlarni rivojlantirishga хususiy, shu jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish boʻyicha «Yoʻl хaritasi»ni tasdiqlash (1.05.2019 yilgacha);

  • davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida loyihalar amalga oshiriladigan aeroport yoki aeroportlar guruhini aniqlash (1.04.2019 yilgacha) hamda ularni amalga oshirish uchun tanlovlar oʻtkazish (1.01.2020 yilgacha);

  • ilgʻor хorijiy tajribani oʻrganish, shu jumladan, ishlab chiqaruvchilar sertifikatlarini tan olishni hisobga olgan holda havo kemalari va aviadvigatellarga teхnik хizmat koʻrsatish hamda ularni ta’mirlash uchun olib kiriladigan butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, detallarni sertifikatlash tartibini soddalashtirish (ikki oy muddatda);

  • sirtqi ta’lim olgan fuqaro aviatsiyasi mutaхassislarining ma’lumoti toʻgʻrisidagi hujjatlarni nostrifikatsiya qilishga ruхsat berish (ikki oy muddatda).

 

 

Oleg Zamanov.