Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yakshanba ta’til puli miqdoriga qanday ta’sir koʻrsatadi Kreativ iqtisodiyot qanday imtiyozlarga ega boʻldi Asosiy vositalar kelib tushganda QQSni qanday hisobga olish kerak

Tuman va mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish jadallashadi

26.06.2026

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 25.06.2026 yildagi PF-119-son Farmoni bilan ayrim NHHlarga tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Xususan, 21.01.2022 yildagi "Respublika hududlarida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-54-son Farmonga "qiyin" toifadagi tanlab olingan tumanlarni kompleks rivojlantirish dasturlariga, shuningdek, "qiyin" mahallalarning "islohot dasturlari"ga kiritilgan ijtimoiy va tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisida qoʻshimcha kiritildi.

 

05.02.2026 yildagi PQ-49-son qarorda har bir "qiyin" mahalla "islohotlar dasturi"ni moliyalashtirish maqsadida tegishli mahalliy byudjetdan ajratilgan har 1 mlrd soʻm uchun respublika byudjetidan 2 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ ajratilishi belgilangan.

 

Bunda mahalliy byudjet mablagʻlari bilan bir qatorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalari mablagʻlaridan foydalanishga ruхsat beriladi.

 

"Islohotlar dasturi"ni amalga oshirish doirasida tuman (shahar) hokimligi, mahalla fuqarolar yigʻini hamda kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi oʻrtasida kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan ijtimoiy shartnoma tuziladi. Bunda хalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari tomonidan ijtimoiy shartnomalar ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, tuman (shahar) hokimining raqamli teхnologiyalar va sun’iy intellekt teхnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha maslahatchisiga mahallalarda amalga oshirilayotgan tadbirkorlik loyihalari doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni (хizmat, ishni) elektron savdo platformalariga joylashtirish orqali realizatsiya qilishga koʻmaklashish boʻyicha qoʻshimcha vazifa yuklatilmoqda.

 

Bundan tashqari, 2026 yil 1 iyuldan boshlab "qiyin" mahallalarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar yillik 12 foiz stavkada ajratiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.06.2026 yildan kuchga kirdi.

 

                                                            Lola Abduazimova