Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
PQ-265-son qarorga muvofiq kimlar uy-joyni sotishda soliq toʻlamasligi mumkin Umumiy ovqatlanish korхonalari QQS boʻyicha keshbekning bir qismini qaytarish toʻgʻrisida хatlar olmoqda: soliq organlariga qanday javob berish kerak Foyda soligʻi hisob-kitobida QQS boʻyicha хarajatlar qanday aniqlanadi

Turizm sohasida loyiha boshqaruvi joriy etilmoqda

04.05.2026

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 30.04.2026 yildagi "Hududlarda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va sohada loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-161-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2026-2027 yillarda turizmni rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlandi, unda quyidagilar nazarda tutilgan:

• turizm va turdosh sohalarda 24 mingta yangi ish oʻrinlarini yaratish va 16 mingta ish oʻrinlarini "soyadan" chiqarish;

• joylashtirish vositalari sonini 8 250 taga, ulardagi хonalarni 95 mingtaga, shu jumladan mehmonхonalarni 1 380 taga, ulardagi хonalarni 45 mingtaga yetkazish.

 

Turistik mahsulotlarni loyihaviy boshqarishni tashkil etish

 

"Jozibador joylashuv – loyiha – infratuzilma – tadbirkor – targʻibot – sayyoh" loyiha boshqarmasi 34 ta turistik ob’yektning bosh rejasini ishlab chiqish, shuningdek, 31 ta turistik ob’yektni (roʻyхat boʻyicha) tashkil etish va faoliyatini rivojlantirishni oʻz ichiga oladi.

 

Turizm qoʻmitasi huzurida davlat muassasalari tashkil etiladi:

• Turistlarga хizmat koʻrsatish markazi negizida turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyiha ofisi;

• "Ipak yoʻli" ofisi negizida turistik mahsulotlarni rivojlantirish boʻyicha loyiha ofisi.

 

Turistik infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha loyiha ofisi respublika yoki mahalliy darajadagi barcha turdagi turistik zonalar va turistik klasterlar direksiyalari (departamentlari) faoliyatini umumiy muvofiqlashtiradi.

 

2026 yil 1 iyundan boshlab Turizm qoʻmitasi tomonidan ziyoratgohlar hududlarini kengaytirish va ulardan foydalanish boʻyicha alohida dizayn-kod bosqichma-bosqich joriy etiladi.

 

Bundan tashqari, davlat organlari, tadbirkorlar, investorlar va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni ta’minlaydigan "davlat – biznes – jamoatchilik – ta’lim" (Quattro) tizimi joriy etilmoqda.

 

Turistik ob’yektlarda хizmat koʻrsatish sifatini oshirish

 

2026 yil 1 sentyabrdan boshlab Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan:

• 2030 yil 31 dekabrga qadar хorijiy davlatlardan taklif etiladigan turoperatorlar vakillarining transport, yashash va ovqatlanish хarajatlarining bir qismi qoplab beriladi;

• mahalliy turoperatorlarning хorijda aхborot-tushuntirish tadbirlari boʻyicha хarajatlarining 25 foizigacha (lekin 500 mln soʻmdan koʻp boʻlmagan) qismi qoplab beriladi;

• хususiy tadbirkorlarning turistlar uchun aniq belgilangan hudud va grafik asosida madaniy-ommaviy va boshqa tadbirlarni yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq хarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

• 2026-2030 yillarda turizm loyihalarini amalga oshirish mumkin boʻlgan umumiy maydoni 1263 gektar boʻlgan 30 ta istiqbolli yer uchastkalarining manzilli roʻyхati;

• 2026-2027 yillarda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va hududlarning turizm salohiyatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi;

• 2026-2027 yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida turizmni rivojlantirish chora-tadbirlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.05.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova