Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Turizm sohasidagi Xalqaro investitsiya forumi oʻtkaziladi

16.11.2018

Rus tilida oʻqish

Uning doirasida, 19-21 noyabrda investorlarga istisno tariqasida yer uchastkalari ajratishning alohida tartibi amal qiladi (VMning 15.11.2018 yildagi 931-son qarori).

 

Birinchidan, turizm infratuzilmasi ob’yektlarini qurish uchun investorlarga aniq investitsiya majburiyatlari ostida yer uchastkalari elektron auksion oʻtkazmasdan ajratiladi.

 

Ikkinchidan, Oʻzbekistonning tijorat banklarida 15 ish kuni mobaynida investitsiya bitimi summasining 25%i miqdoridagi mablagʻni deponentga oʻtkazish yoki 5%i miqdoridagi majburiyatni bajarish kafolatini (performance bond) berish sharti bilan investitsiya bitimlari tuziladi. Shundan keyin 5 kun muddatda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisidagi qarorlarni qabul qiladilar.

 

Uchinchidan, loyihaning barcha zarur shartlari, sh.j. ajratilayotgan yer uchastkasi boʻyicha tegishli hokimlar bilan investorlar oʻrtasida kelishuvga erishilgan taqdirda investitsiya bitimlari imzolanadi. 

 

Viloyatlar hokimliklari 2 kun muddatda хorijiy investorlarga tayyor holatda taklif etiladigan har bir yer uchastkasi boʻyicha investitsiya loyihalarining taqdimot materiallarini ingliz va rus tillarida tayyorlaydilar. Soʻng taqdimot materiallari oldindan koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun potensial investorlar – Forum ishtirokchilariga yuboriladi. 

 

Bitimlar tuzilganidan keyin uch oy muddatda investorlar bilan birgalikda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning tarmoq jadvallari ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Hokimliklar, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi loyihalarni oʻz vaqtida amalga oshirishda investorlarga amaliy yordam berilishini ta’minlaydilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.11.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_