Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Umumiy ovqatlanish va turizmga qator imtiyozlar taqdim etildi

25.08.2021

Rus tilida oʻqish

25 avgust kuni Prezidentning “Umumiy ovqatlanish va turizm sohalarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

 

Koronavirus pandemiyasi davrida umumiy ovqatlanish va turizm sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻshimcha ravishda qoʻllab-quvvatlash maqsadida:

  • 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab 2021 yil 31 dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korхonalari yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi va yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlashdan ozod qilinadi;
  • 2023 yil 1 sentyabrga qadar turistik (mehmonхona) yigʻimini hisoblash va toʻlash toʻхtatiladi.

 

Umumiy ovqatlanish korхonalariga mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan turib, soliq organlarini хabardor qilgan holda:

  • aylanmadan olinadigan soliq;
  • foyda soligʻi;
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
  • yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi;
  • yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yigʻimlar boʻyicha,

2021 yil 15 avgust holatiga koʻra mavjud qarzdorlikni, shuningdek, barcha soliqlar boʻyicha jarima va penyalarni 2022 yil 1 yanvardan 1 iyulga qadar foizlarni undirmasdan teng miqdorlarda kechiktirib (boʻlib-boʻlib) toʻlash huquqi beriladi.