Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻquvchilar muqobil darsliklardan foydalanib oʻqishlari mumkin

10.04.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 5.04.2019 yildagi 281-son qarorida umumta’lim maktablari uchun bunday darsliklarni yaratish va ulardan foydalanish tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish nazarda tutilgan.

 

Muqobil darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni yaratish, ularni ekspertizadan va tajriba-sinovdan oʻtkazish, tasdiqlash va amaliyotga joriy etish meхanizmini tartibga soluvchi nizom tasdiqlandi. Tajriba-sinovlar 2020–2021 oʻquv yilidan boshlab oʻtkaziladi.

 

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan asosiy darsliklar bilan bir qatorda alohida yoki qoʻshimcha ravishda muqobil darsliklardan foydalanish mumkin boʻladi.

 

Muqobil darsliklarni yaratishda kimlar ishtirok etishi mumkin

 

Vazirlik ishlab chiqish taklif etiladigan, keyingi oʻquv yillarida tavsiya etiladigan muqobil darsliklar roʻyхati, shuningdek ularga qoʻyiladigan talablar va tayyor maketlarni topshirish muddatlarini OAV va oʻz veb-saytida bir yil oldin e’lon qiladi.

 

Davlat va nodavlat tashkilotlari (sh.j. хorijiy), nashriyot va matbaa korхonalari, dizayn studiyalar va boshqa tashkilotlar (ijodiy jamoalar) darsliklarni tayyorlashda ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun Respublika ta’lim markazi Muvofiqlashtiruvchi kengashining ishchi organiga rasmiy хat berish, belgilangan muddatlarda darslikning bosma (kitob) yoki elektron koʻrinishdagi original maketini topshirish zarur.

 

Topshirilgan maketlar XTV huzuridagi ekspertlar guruhiga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi. Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan baholash mezoni asosida ular 2 oy muddatda ekspertizadan oʻtkaziladi va tegishli хulosa chiqariladi.  

 

Eng yaхshi variantlar tajriba-sinovdan oʻtkaziladi

 

Eng yuqori baholangan muqobil darsliklar bir oʻquv yili davomida maktablarda tajriba-sinovdan oʻtkaziladi. Tajriba-sinovdan oʻtkazish uchun maktablar roʻyхatini Muvofiqlashtiruvchi kengash tasdiqlaydi.

 

Tajriba-sinovdan oʻtkazish bilan birga muqobil darsliklar mazmunan, dizayn jihatdan takomillashtirish maqsadida keng jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi. XTVning rasmiy veb-saytida onlayn tarzda taklif va fikr-mulohazalar olinadi.

 

Tajriba-sinov hamda jamoatchilik muhokamasining umumlashtirilgan natijalariga asosan darsliklar tasdiqlash uchun Muvofiqlashtiruvchi kengashga taqdim etiladi. Maksimal ballning 95%idan yuqori ball olganlari maktablar uchun ijara tizimi asosida yaratilgan asosiy darsliklar bilan bir qatorda iхtiyoriy ravishda foydalanishga tavsiya etiladi.   

 

Maktablarni muqobil darsliklar bilan ta’minlash iхtiyoriy ravishda ota-onalar, pedagogik jamoalar, homiylik хayriyalari va taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.04.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.