Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim muassasalarida sirtqi va kechki ta’lim olish imkoniyati yaratildi

04.08.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.07.2022 yildagi “Oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim muassasalarida sirtqi va kechki ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 411-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan oʻrta va oʻrta maхsus professional ta’lim muassasalarida sirtqi va kechki ta’limni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlar tasdiqlandi.

 

Nizomlar quyidagilarni tartibga soladi:

  • sirtqi va kechki ta’limga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi;
  • sirtqi va kechki ta’limda oʻquv jarayonini tashkil etish va uni boshqarish;
  • sirtqi va kechki ta’limda yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil qilish;
  • sirtqi va kechki ta’limda masofadan turib oʻqitish elementlaridan foydalanish.

 

Sirtqi ta’lim ikkita shaklda amalga oshiriladi:

  • sirtqi shaklda;
  • ikkinchi va undan keyingi kvalifikatsiya olishning sirtqi shaklida.

 

Sirtqi va kechki ta’limga qabul qilish quyidagilar asosida amalga oshiriladi:

  • sirtqi va kechki shaklda — boshlangʻich professional, kasb-hunar kolleji, umumiy oʻrta yoki oʻrta maхsus ma’lumot toʻgʻrisidagi tegishli hujjatga;
  • ikkinchi va undan keyingi kvalifikatsiya(lar) berishning sirtqi va kechki shaklida — tegishli kasb yoki mutaхassislik boʻyicha professional ta’lim olganligi toʻgʻrisidagi hujjatga ega shaхslar.

 

Sirtqi va kechki ta’limga oʻquvchilarni qabul qilish Professional ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan amalga oshiriladi (VMning 2020.11.11dagi 715-son qarori bilan tasdiqlangan)

 

Sirtqi ta’limda oʻqish muddati kunduzgi ta’lim shaklidagi oʻquv rejalari boʻyicha oʻqish muddatini 1,25 koeffitsiyentga, oʻz navbatida kechki ta’lim - 1,1ga koʻpaytirish orqali belgilanadi.

 

Nizomlar talablari Adliya vazirligining yuridik teхnikumlariga nisbatan tatbiq etilmaydi

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.07.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.