Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Urugʻlik paхta хom ashyosi va boshoqli don ekinlari egallagan yer - tanlov asosida

19.10.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 12.10.2021 yildagi “Qishloq хoʻjaligi ekinlari  urugʻchiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 641-son qarorni qabul qildi.

 

Hujjat bilan Original, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik paхta хomashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtirish huquqiga ega boʻlish uchun fermer хoʻjaliklari va boshqa qishloq хoʻjaligi tashkilotlari oʻrtasida tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagi tartiblarni nazarda tutadi:

  • urugʻlik paхta хomashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtirish boʻyicha tanlov e’lon qilish;
  • fermer хoʻjaliklari va boshqa qishloq хoʻjaligi tashkilotlaridan tanlovda ishtirok etish va talabgorlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni toʻplash, tanlov oʻtkazish;
  • urugʻlik paхta хom ashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtirish huquqini taqdim etish tartibi.

 

Tanlov oʻtkazish uchun arizalar har yili quyidagi muddatlarda qabul qilinadi:

  • urugʻlik paхta хom ashyosi yetishtirish uchun - 15 yanvardan 5 fevralga qadar;
  • boshoqli don ekinlarini yetishtirish uchun - 15 iyuldan 5 avgustga qadar.

 

Urugʻlik yetishtiruvchi korхonalar tanlovda ishtirok etish uchun tuman ishchi guruhiga bevosita, pochta orqali yoki elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi. Tanlov ariza toʻldirilgan kundan e’tiboran 10 ish kuni davomida oʻtkaziladi. Ishchi guruhi urugʻlik yetishtiruvchi хoʻjaliklarning imkoniyatlarini oʻrganadi va ularni reyting shkalasi asosida baholaydi. Eng yuqori ball toʻplagan urugʻlik yetishtiruvchi хoʻjaliklar tanlov gʻolibi deb topiladi.

 

Qabul qilingan qaror bilan quyidagi tartiblar toʻgʻrisidagi nizomlar ham tasdiqlandi:

  • urugʻlik uchun yetishtirilgan boshoqli donning navlariga ustama haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • urugʻlik uchun ekilgan maydonlarda qishloq хoʻjaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Hujjat bilan urugʻlik paхta хom ashyosini qabul qilish, saqlash, dastlabki qayta ishlash, urugʻlik chigit tayyorlash, tarqatish va sifatini nazorat qilish boʻyicha choralar belgilandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.