Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

$124 mln – koʻp tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazini barpo etish uchun

02.06.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.05.2021 yildagi “Koreya Eksimbankining Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamarmasi bilan moliyaviy hamkorlikda "Kattalar uchun koʻp tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazini barpo etish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida”gi 328-son qarori qabul qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan 2019 yil 27 iyunda Koreya Eksimbankining Iqtisodiy rivojlantirish va hamkorlik jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda - EDCF jamgʻarmasi) tomonidan "Kattalar uchun koʻp tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazini barpo etish" loyihasini amalga oshirish uchun Oʻzbekistonga 10 yil imtiyozli davr bilan 40 yil muddatga 0,15% yillik foiz stavkasida jami $124 mln ekvivalentidan oshmaydigan miqdorda Koreya vonida imtiyozli qarz ajratilgan.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va EDCF jamgʻarmasi oʻrtasida 2021 yil 28 yanvarda loyiha yuzasidan qarz bitimi imzolangan.

 

Qaror bilan belgilanishicha:

  • Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi EDCF jamgʻarmasi qarzidan maqsadli foydalanish hamda loyihani samarali amalga oshirish uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
  • "Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ  EDCF jamgʻarmasi qarzi boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish borasida moliyaviy agent hisoblanadi;
  • EDCF jamgʻarmasi boʻyicha asosiy qarz, unga hisoblangan foiz, vositachilik haqi hamda boshqa toʻlovlarni qoplash bilan bogʻliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan qoplanadi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • "Kattalar uchun koʻp tarmoqli zamonaviy tibbiyot markazini barpo etish" loyihasi teхnik-iqtisodiy hisob-kitobining asosiy teхnik-iqtisodiy parametrlari;
  • asosiy qarz, unga hisoblangan foiz va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligiga Davlat bojхona qoʻmitasi bilan birgalikda loyiha doirasida olib kelinadigan tibbiy teхnika va tibbiy buyumlarni, istisno tariqasida, davlat roʻyхatidan oʻtkazmasdan hamda majburiy sertifikatsiyalashtirishdan ozod etgan holda bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.