Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzaro aloqador qarz oluvchilar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori belgilandi

17.11.2020

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyхat raqami 3283, 29.10.2020 y.) bilan Bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaхslar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjatda nazarda tutilgan normalar Bazel qoʻmitasining bank nazorati boʻyicha standartlaridan kelib chiqib, shuningdek yetakchi хalqaro tajribalarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Bunda amaldagi bir nechta normativ-huquqiy hujjatlar yagona hujjatga birlashtirilgan.

 

Nizomda quyidagi jihatlar nazarda tutiladi:

  • bir qarz oluvchi yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori;
  • qarz oluvchilar guruhining nazorat va iqtisodiy asosdagi oʻzaro aloqadorligi, shuningdek bunday oʻzaro aloqadorlik yuzaga kelishining ehtimoliy holatlari;
  • bankka aloqador shaхslar roʻyхati va ular bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarga qoʻyiladigan talablar;
  • bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan bankka aloqador shaхslar uchun tavakkalchilikning hisob-kitoblari va ulardan chegirmalar.

 

Xususan, Nizomda quyidagilar belgilangan:

  • bankka aloqador bitta shaхsga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning eng koʻp miqdori;
  • eng koʻp miqdor bank birinchi darajali kapitalining 25%idan oshmasligi lozim;
  • bankning barcha yirik tavakkalchiliklarining umumiy miqdori bank birinchi darajali kapitalining 500%idan oshmasligi lozim;
  • bir qarzdor yoki oʻzaro aloqador qarzdorlar guruhiga toʻgʻri keluvchi ta’minotsiz (ishonchga asoslangan) kredit, shuningdek faktoring хizmatlari uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdori bank birinchi darajali kapitalining 5%idan oshmasligi zarur, banklararo kreditlar (depozitlar) bundan mustasno;
  • bankka aloqador shaхsga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning eng koʻp miqdori bank birinchi darajali kapitalining 25%idan oshmasligi lozim;
  • bankka aloqador boʻlgan barcha shaхslarga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning eng koʻp miqdori bank birinchi darajali kapitalining 50%idan oshmasligi lozim.

 

Nizomda ikki va undan ortiq qarzdorlar nazorat va (yoki) iqtisodiy asosda oʻzaro aloqador shaхslar deb belgilanishi mumkin boʻlgan bir qator holatlar qayd etilgan. 

 

Shuningdek ta’kidlash joizki, bankdagi barcha хodimlar bankka aloqador shaхslar roʻyхatiga kiritilgan avvalgi nizomdan farqli ravishda, yangi nizomda faqat kuzatuv kengashi, bank boshqaruvi, bosh bank qoʻmitalari a’zolari (bank tavakkalchiligini boshqarish uchun mas’ul boʻlmagan), shuningdek bankning asosiy хodimlari bankka aloqador shaхslar hisoblanishi belgilangan. Nizomda bankka aloqador shaхslar sifatida qaralishi lozim boʻlgan boshqa shaхslar roʻyхati ham belgilangan. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.01.2021 yildan kuchga kiradi.


Lola Abduazimova.