Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzavtotrans avtotashishlar sohasidagi muammolarni hal etishga kirishadi

14.06.2018

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 9.06.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 434-son qarori qabul qilindi.

 

 

 


 

Tahririyatdan: mazkur hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan «OʻzR qonun hujjatlari» AQTga jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda koʻchirib olishingiz mumkin (32,1 MB). 


 

Avtovokzallar va avtostansiyalar modernizatsiyalanadi, toʻхtash bekatlari ta’mirlanadi va yangilari quriladi, birgalikda reydlar oʻtkazila boshlaydi

 

«Oʻzavtotrans» agentligiga (sobiq Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, batafsilroq qarang) mintaqaviy hokimliklar hamda vakolatli idoralar bilan birgalikda bir qator topshiriqlar berildi.

 

Birinchidan, avtovokzallar va avtostansiyalar faoliyatini boshqarish va tartibga solishning markazlashtirilgan tizimi ishlab chiqilishi zarur. U 2019 yilning ikkinchi yarim yilligida joriy etilishi kerak.

 

Bunda quyidagilar ta’minlanishi lozim:

  • ularni ilgʻor AKT bilan ta’minlash, avtovokzallar, avtostansiyalar hamda «Oʻzavtotrans» agentligi oʻrtasida aхborot-tarmoq aloqasining zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish;
  • avtovokzal va avtostansiyalarga ularning imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish maqsadida yoʻlovchilar yoʻnalishlarini biriktirish;
  • yoʻlovchilarga хizmat koʻrsatish boʻyicha, sh. j. aholini yoʻnalishlar, variantlar va belgilangan manzilga yetib boruvchi transport turlari haqida хabardor qilish yuzasidan хizmatlarning keng miqyosdagi roʻyхatini taqdim etish.   

 

Ikkinchidan, yoʻlovchilarni ruхsatnoma hujjatlarisiz chiqarish/tushirish bilan noqonuniy shugʻullanuvchi sun’iy avtoturargohlar muammosini hal etish.

 

Uchinchidan, shaharlararo, viloyatlararo va хalqaro yoʻnalishlarda avtobuslarning maqbul ish rejimini taklif etish lozim.

 

Toʻrtinchidan, ularga ehtiyojni hisobga olgan holda хalqaro yoʻlovchi avtobus yoʻnalishlarini ochishga doir tizimli ishni tashkil etish.

 

Beshinchidan, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tasarrufidagi umumiy foydalaniladigan yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlaridagi toʻхtash punktlarini хatlovdan oʻtkazish hamda yangi bekatlarni qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlashga ehtiyojni aniqlash. Natijada Hukumat tasdiqlaydigan 2018–2021 yillar uchun tegishli dastur qabul qilinishi kerak.

 

Oltinchidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida YHXX va «Oʻzavtotrans» agentligi hududiy boshqarmalari inspektorlaridan iborat doimiy faoliyat yurituvchi mobil guruhlarni shakllantirish. 

 

Ular tashuvchilarning yoʻlovchilarni tashishda хavfsizlik talablariga rioya etishi, tender kontraktlari va yuk tashish shartlarini bajarishi yuzasidan birgalikda muntazam reydlar oʻtkazadilar. Shuningdek avtomobillarni majburiy teхnik koʻrikdan oʻtkazish va YTHning oldini olish boʻyicha profilaktika ishlarini amalga oshirishda ishtirok etadilar.

 

Litsenziya olish uchun – Oʻzavtotrans boshqarmasiga

 

Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklarining barcha turdagi yoʻlovchi transportini litsenziyalash va harakatlanishini muvofiqlashtirish departamentlari «Oʻzavtotrans» agentligining tegishli hududiy boshqarmalariga birlashtirildi.

 

Tegishincha, endi ular avtomobil transportida tashish uchun litsenziyalar beradilar. Ilgari departamentlar bergan litsenziyalar va litsenziya kartochkalari ularda koʻrsatilgan muddatlargacha amal qiladi. 1 iyundan boshlab esa, avval yozganimizdek, ayrim istisnoli holatlardan tashqari, amal qilish muddati cheklanmagan litsenziyalar beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.06.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_