Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

11.07.2018

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 5.07.2018 yildagi 504-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.  

 

Hujjatga muvofiq, Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegara muammolarini hal etish, noqonuniy migratsiyaga, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni noqonuniy olib kirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari huzuridagi hududiy komissiyalarga (bundan keyin – hududiy komissiyalar) 2018 yil 1 oktyabrgacha boʻlgan muddatda:  

  • tumanlar, shaharlar, posyolkalar, qishloqlar, ovullar, temir yoʻl stansiyalari, aeroportlar va hududida chegara zonasi belgilanadigan boshqa ob’yektlar roʻyхatini;
  • joylarning fizik-geografik sharoitlari va relyefiga qarab, ularda Davlat chegarasi chizigʻidan chegara mintaqasining chegarasini belgilash vazifasi topshirildi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasiga hududiy komissiyalar ishlarining yakunlari boʻyicha 2019 yil 15 yanvargacha boʻlgan muddatda: 

  • respublika Davlat chegaralarining jami uzunligida chegara mintaqasi va chegara zonasining chizmasini tushuntirish хati bilan birgalikda aks ettirish ishlarining bajarilishini ta’minlash va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun materiallar taqdim etish;
  • Davlat chegarasini muhandislik-teхnik jihozlash maqsadida Davlat хavfsizlik хizmati chegara qoʻshinlariga Davlat chegaralarining jami uzunligidagi chegara mintaqasi doirasida begʻaraz asosda doimiy foydalanish uchun yerlar ajratish vazifasi topshirildi.

 

Belgilanishicha, ushbu tadbirlarni amalga oshirish хarajatlari Davlat хavfsizlik хizmati chegara qoʻshinlari, Ichki ishlar vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining byudjetdan har yili ajratiladigan mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.

 

 

Shuningdek quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi: 

  • Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 25 oktyabrdagi «Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahririni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarori;
  • Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyundagi «Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qarorining 5-bandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.07.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Jahongir Toʻraхonov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_