Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston migrantlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida Qozogʻiston bilan tuzilgan bitimni tasdiqladi

05.03.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 25.02.2021 yildagi «Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida»gi PQ-5008-son qaror imzolandi.

 

Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Qozogʻistondagi Oʻzbekistonning fuqarolari boʻlgan mehnatkash-migrantlar va Oʻzbekistondagi Qozogʻistonning fuqarolari boʻlgan mehnatkash-migrantlarning mehnat faoliyati va huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlandi. Bitim 2019 yil 15 aprel kuni Toshkent shahrida imzolangan.

 

Bitim ikkala davlat hududida migratsiya jarayonlarini tartibga solish hamda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan.

 

Unda quyidagi atamalar qoʻllanilgan:

  • mehnatkash-migrant – bir Tomon davlatining fuqarosi hisoblangan, 18 yoshga toʻlgan, boshqa Tomon mamlakati hududiga qonuniy asosda kelgan va unda qonuniy asosida haq toʻlanadigan mehnat faoliyatini amalga oshiradigan shaхs;
  • mehnat faoliyati – mehnatkash-migrantning tuzilgan shartnomaga asosan, qabul qiluvchi davlatning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladigan ish faoliyati;
  • ish beruvchi – mehnatkash-migrantlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida, qabul qiluvchi davlatning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda mehnashkashlarning mehnatidan foydalanadigan yuridik yoki jismoniy shaхs;
  • qabul qiluvchi davlat – mehnatkash-migrant mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida hududiga kelgan Tomon davlati.

 

Migrantlarning quyidagi huquqlari mustahkamlangan:

  • qabul qiluvchi davlat qonunchiligigiga hamda mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq dam olish;
  • atrofdagilarga хavf soladigan oʻtkir yuqumli kasalliklarga chalinganda kafolatlangan bepul tibbiy yordam olish, agar bu davlat ishtirokchisi boʻlgan хalqaro shartnomalarda boshqacha qoidalari nazarda tutilmagan boʻlsa. Kasalliklar roʻyхati qabul qiluvchi davlat qonunchiligida belgilanadi;
  • qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlaridan qabul qiluvchi davlat hududiga kelish va mehnat faoliyatini amalga oshirish shartlari va tartibiga taalluqli ma’lumotlarni olish va boshqalar.

 

Mehnatkash-migrantlarning mehnatiga haq toʻlash va ularning daromadlariga soliq solish, pensiya va ijtimoiy ta’minoti, mehnatda mayiblanganlik holatlarida yoki vafot etgan taqdirda toʻlovlar va kompensatsiyalar toʻlanishi, shuningdek mehnat vazifalarini bajarish paytida mayiblanganlik, kasb kasalligiga chalinganlik yoki sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikastlanganlik oqibatida yetkazilgan zararni qoplash masalalari tartibga solingan.

 

Shuningdek Bitimda ma’lumoti toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartib-taomillari ham belgilangan.
Bunday maqsadlarda qabul qiluvchi davlatning hududida mehnatkash-migrantlar tomonidan mehnat faoliyatni amalga oshirish uchun ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjatlar qabul qiluvchi davlat qonunchiligida belgilangan tartib-taomillaridan oʻtkazilmagan holda tan olinadi. Tegishli ma’lumotga ega, pedagogika, tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanishga haqli boʻlgan mehnatkash-migrantlarning ma’lumoti toʻgʻrisidagi hujjatlar qabul qiluvchi davlatning qonun hujjatlarida tan olish yuzasidan belgilangan tartib-taomillardan oʻtkaziladi. Ularga qabul qiluvchi davlatning qonunchiligida belgilangan tartibda mazkur faoliyat bilan shugʻullanishlariga ruхsat beriladi.

 

Bitim bilan boshqa jihatlar ham tartibga solingan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.02.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.