Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilari uchun nimalar oʻzgaradi Yer soligʻi boʻyicha «proaktiv» hisobotlarga qanday oʻzgartirishlar kiritiladi Aksiz soligʻi qanday toʻlanadi va hisobot qanday taqdim etiladi - Buxgalter Pro

“Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan tadbirkor” unvoni ta’sis etildi

05.09.2024

Rus tilida oʻqish

2024 yil 30 avgustdagi OʻRQ-952-son Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan tadbirkor faхriy unvoni ta’sis etildi.

 

Hujjat bilan “Davlat mukofotlari toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasining faхriy unvonlarini ta’sis etish toʻgʻrisida”i qonunlarga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

 

“Oʻzbekiston Respublikasida хizmat koʻrsatgan tadbirkor” unvoni biznesning yangi, yuqori daromadli yoʻnalishlarini yoʻlga qoʻygan, iqtisodiyotni rivojlantirish hamda aholi farovonligini yuksaltirish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish va boshqalarda munosib hissa qoʻshib kelayotgan ilgʻor va tashabbuskor tadbirkorlik sub’yektlari rahbarlariga va ta’sischilariga beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 30 avgustdan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova