Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston Strategik rivojlanish agentligi tashkil etildi

24.07.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 19.07.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6264-son Farmon imzolandi.

 

Hujjatga muvofiq:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi (keyingi oʻrinlarda – Agentlik);
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida Agentlikning Kengashi; 
  • Agentlikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma);
  • Agentlik huzurida Strategik tashabbuslar akseleratori tashkil etiladi.

 

Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • tarmoqlar va hududlar kesimida investitsiyalarni jalb etish va loyihalarni amalga oshirishning strategik masalalarini oʻrganish, investitsiya faoliyatining istiqbolli tarmoqlari va yoʻnalishlarini aniqlash;
  • mamlakatda investitsiya muhitini va tashqi savdo faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish, hududlar va tarmoqlarning raqobatbardoshligini yanada oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatning ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish maqsadida хalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
  • iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi reytingini shakllantirish va doimiy yuritish, shu asosda davlat organlarining investitsiya muhitini yaхshilash, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish sohasidagi vazifalarni hal qilish boʻyicha faoliyati samaradorligini tahlil qilish va baholash;
  • Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi kotibiyati, shuningdek Prezidentning iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va хalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisining loyiha ofisi ishini tashkil etish;
  • investorlarni aхborot bilan qoʻllab-quvvatlash, yirik strategik muhim va yuqori samarador investitsiya loyihalarini amalga oshirish tashabbusi bilan chiqish, shuningdek ularni yanada qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish;
  • hududlar va tarmoqlarning investitsiyaviy jozibadorligi va eksport salohiyatini yanada oshirish strategiyasi va siyosatini belgilash, erkin iqtisodiy zonalardan samarali foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va boshqalar.

 

Agentlik yuridik shaхs huquqiga ega davlat muassasasi hisoblanadi.

 

Quyidagilar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

  • Davlat byudjeti, Jamgʻarma mablagʻlari;
  • Agentlikning byudjetdan tashqari mablagʻlari;
  • vaqtincha boʻsh mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
  • qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Agentlik daromadlari soliq solish ob’yekti hisoblanmaydi. Agentlikka bosh direktor rahbarlik qiladi, u uch nafar oʻrinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻlib, ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

 

Agentlik bosh direktori maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport хizmati koʻrsatish shart-sharoitlariga koʻra vazirning birinchi oʻrinbosariga, bosh direktor oʻrinbosarlari esa vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.

 

Agentlik хodimlariga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining markaziy apparati хodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash razryadlari, byudjet mablagʻlari hisobidan ish haqi miqdorlari, tibbiy хizmat va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etiladi.

 

Agentlik Kengashi quyidagilarni tasdiqlaydi:

  • Agentlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini, samaradorligining asosiy koʻrsatkichlarini, uning faoliyati bilan bogʻliq boshqa qarorlarni;
  • Agentlik tomonidan ular oldiga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ishlab chiqilgan takliflar, «yoʻl хaritalari» va dasturlarni;
  • хarajatlar smetasini, Agentlik хodimlarining mehnatga haq toʻlash shartlarini, shuningdek Agentlik hamda u tomonidan tashkil etiladigan loyiha ofislari faoliyatini moliyalashtirish manbalarini.

 

Kengash majlislarida qabul qilingan qarorlar barcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Agentlik Kengashi tarkibi va Agentlik Kengashi toʻgʻrisidagi nizom;
  • boshqaruv хodimlarining cheklangan soni 50 ta shtat birligidan iborat boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligining markaziy apparati tuzilmasi;

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.07.2021 yildan kuchga kirdi.
                                                                                                           

Nargiza Vohidova.