Bu Vazirlar Mahkamasining 17.02.2020 yildagi “Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 90-son qarorida belgilangan.
2020-2024 yillarda bosqichma-bosqich quriladigan sport inshootlarida 23 ta bolalar va oʻsmirlar sport maktablari, shuningdek yetarli sport inshootlariga ega 68 ta ularning filiallari tashkil etiladi.
Shuningdek, hujjat bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport-ta’lim muassasalarining faoliyati samaradorligini reyting tizimi asosida baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Reyting tizimi asosida baholashning asosiy vazifalaridan biri - sport-ta’lim muassasalarida olimpiya sport turlari boʻyicha shugʻullanuvchilar sonini oshirish natijasida olimpiya sport turini rivojlantirish.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.02.2020 yildan kuchga kirdi.