2026 yil 15 iyundagi OʻRQ-1153-son Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga noqonuniy egallangan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni tan olishni jadallashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Ta’kidlanishicha, qonunning qabul qilinishi vakolatli tashkilotlarning mas’uliyatini oshirish, noqonuniy egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino-inshootlarga boʻlgan huquqlarni tan olishni qiyinlashtiradigan ayrim meхanizmlarni soddalashtirish va fuqarolarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish zarurati bilan bogʻliq.
"Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni e’tirof etish toʻgʻrisida"gi (05.08.2024 y. OʻRQ-937-son) va "Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻgʻrisida"gi (28.11.2022 y. OʻRQ-803-son) qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Xususan, fuqarolarning arizalarini koʻrib chiqish muddati 150 kundan 50 kunga qisqartirildi, fuqarolarning soliq qarzdorligi tushunchalariga aniqlik kiritildi, yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini tan olish uchun bir martalik toʻlovni boʻlib-boʻlib toʻlash tartibi va shartlari belgilandi, shuningdek, huquqlarni tan olish bilan bogʻliq shikoyatlarni koʻrib chiqish meхanizmlari takomillashtirildi.
Amnistiyaga tushadigan binolarni qurish muddatlari yana yarim yilga – 1998 yil 1 iyuldan 1999 yil 1 yanvargacha uzaytirildi.
Shuningdek, yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini tan olish uchun bir martalik toʻlovni darhol yoki boʻlib-boʻlib toʻlash mumkinligi belgilanmoqda.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.06.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova





