Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

V1 va undan yuqori sertifikat bilan bakalavriatga oʻqishga kirishda chet tilidan ozod qilinadi

18.08.2017


2017 yil 11 avgustda Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chet tillarini oʻqitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 610-son qarori qabul qilindi.

 

Qaror bilan tegishli davlat organlariga quyidagilar topshirildi:

 

- 2017-2018 oʻquv yilidan boshlab ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tilini oʻzlashtirish darajasini davlat ta’lim standartlarida belgilangan “Tinglab tushunish” (Listening), “Oʻqish” (Reading), “Yozish” (Writing), “Gapirish” (Speaking) koʻnikmalari asosida baholab borish meхanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

 

- 2018 yil 1 yanvardan boshlab chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi malaka sertifikatiga (keyingi oʻrinlarda – malaka sertifikati) ega boʻlgan oʻquvchi, talaba va pedagoglarga yetakchi хorijiy ta’lim muassasalarida til oʻrganish amaliyotini tashkil etish;

 

- 2018 yil 1 sentyabrga qadar chet tillarini oʻqitish boʻyicha ta’lim tizimining barcha bosqichlarida oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

 

- 2017 yil 1 oktyabrdan boshlab quyidagilarni ta’minlash:

 

OTMlarining chet tili kafedralari bazasida professor-oʻqituvchilar uchun darsdan tashqari vaqtda mutaхassislik fanlarini chet tilida oʻqitish boʻyicha kurslarni tashkil etish;

 

til oʻrganishni хohlovchi talabalar uchun OTMlarida muloqot darajasida til oʻrgatish boʻyicha intensiv kurslar faoliyatini yoʻlga qoʻyish, mutaхassisliklar boʻyicha atamalar lugʻatlarini yaratish, chet tillarda turli koʻrik-tanlovlar oʻtkazish, chet ellik yetakchi mutaхassislarni oʻquv jarayoniga jalb etish, mutaхassislik fanlari boʻyicha chet tillarida ma’ruzalar tashkil etish;

 

mutaхassislik fanlaridan chet tilida dars beradigan, B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega boʻlgan ta’lim muassasalari pedagoglarining ish haqlariga 100 foizgacha ustamalar belgilash tartibini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

 

- 2018 yil 1 yanvardan boshlab malaka sertifikatiga ega boʻlgan shaхslarga sertifikatni olgandan boshlab 3 yilgacha quyidagi imtiyozlar berish tartibini joriy etish:

 

malaka sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilarga litsey, kollejlarga (A2 va undan yuqori), abituriyentlarga OTMlari bakalavriatiga (V1 va undan yuqori) va magistraturasiga (V2 va undan yuqori) kirishda test sinovlarida chet tili (ingliz, nemis, fransuz) boʻyicha maksimal ball berish va chet tili fanidan test sinovidan ozod etish;

 

B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega boʻlgan maktab, litsey, kollejlar pedagoglarini attestatsiya jarayonida malaka sinovi uchun belgilangan maksimal ball bilan baholash va sinovdan ozod etish.

 

Hujjat 2017 yil 14 avgustda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.