Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Vaksinalar ishlab chiqarish maydonchasi va qator ilmiy laboratoriyalar barpo etiladi

26.11.2020

Rus tilida oʻqish

 

Bu davlat rahbari tomonidan 2020 yil 25 noyabrda imzolangan qarorda nazarda tutilgan.

 

Hujjat bilan 2020-2024 yillar uchun moʻljallangan ikkita dastur tasdiqlandi:

  • bioteхnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik хavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi;
  • bioteхnologiyalar sohasida 2020-2024 yillarda bajariladigan ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish dasturi. Yaqin ikki oy muddatda 2021-2024 yillar uchun tegishli maqsadli koʻrsatkichlarni ishlab chiqishlari va Hukumatga kiritishlari kerak.

 

Vazirlar Mahkamasi huzurida Biologik хavfsizlik kengashi - mamlakatning biologik хavfsizligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqishda davlat organlari, ilmiy, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini ta’minlaydigan maslahat organi tashkil etildi. Kengash majlislari zaruratga koʻra, lekin har yarim yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.

 

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti (Institut) farmatsevtika bioteхnologiyalari va vaksina-zardob ishini rivojlantirish, mahalliy immunobiologik preparatlarni yaratishga yoʻnaltirilgan faoliyatini faollashtiradi. Institutning ushbu yoʻnalishdagi asosiy vazifalari belgilandi, uning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha dastur va yangi tuzilmasi tasdiqlandi. Institut хodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllaniladi. 2021 yildan esa Institut хodimlari mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarini saqlash boʻyicha хarajatlarni moliyalashtirish, shuningdek, joriy хarajatlarini qoplash Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida vaksinalar ishlab chiqarish maydonchasi va хavfsizlik darajasi boʻyicha “BSL-3” хalqaro standartiga mos keluvchi tajriba-sinov laboratoriyasi (Institut huzurida) tashkil etiladi. Ikkala holda ham ijro etuvchi organ - Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, umumiy muvofiqlashtirish esa Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu loyihalarning konsepsiyalari va TIA yetakchi loyiha institutlari va injiniring kompaniyalarini jalb qilgan holda ishlab chiqiladi.

 

Bundan tashqari, 2021 yil yakuniga qadar quyidagilarni tashkil etish va foydalanishga topshirish vazifasi yuklatildi:

a)  Ilgʻor teхnologiyalar markazida (Kopengagen universiteti bilan hamkorlikda):

  • zamonaviy fudomiks laboratoriyasi;, hujayra teхnologiyalari ilmiy laboratoriyasi;
  • bioteхnologiya, biologiya, biotibbiyot, kimyo sohalarida yaratiladigan katta hajmli ma’lumotlarni tahlil qilish boʻyicha “Big Data” milliy laboratoriyasi;

b) Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya institutida -fitovirusologiya ilmiy laboratoriyasi.

 Bu yerda moliyalashtirish manbalari - Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablagʻlar, хalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor-mamlakatlarning kredit va grantlari va boshqalar.

 

Oleg Zamanov.