Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi oʻzgartirildi

10.02.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezident tomonidan 2020 yil 22 yanvardagi PQ-4569-son tegishli qaror imzolandi.

 

2019 yil 22 dekabrda oʻtkazilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylov yakunlari boʻyicha milliy Parlamentning yangi tarkibi shakllantirildi.

 

Konstitutsiyaga binoan amaldagi Hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, bundan keyin Bosh vazir nomzodi saylovda eng koʻp deputatlik oʻrinlarini olgan siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi. Bundan tashqari, quyi palata tomonidan Vazirlar Mahkamasi a’zolari nomzodlari ma’qullanadi.

 

2020 yil yanvarda shakllangan Oʻzbekiston Hukumati shaхsiy tarkibi «Yuksalish» umummilliy harakatining aхborot grafikasida: rahbariyat, vazirlar, davlat qoʻmitalari rahbarlari.

 

Keng koʻlamda kadrlarni qayta joylashtirish ishlar oʻtkazilmaganligiga qaramay, yangi Hukumat tuzilmasi biroz boshqacha boʻldi. Oʻzgarishlar quyida keltirilgan jadvalga muvofiq ayrim lavozimlar va kotibiyatlarga taalluqlidir.

 

Tugatiladi

Kiritiladi

Lavozimlar

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari - transport vaziri

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari

Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ta’lim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Bosh vazirning oʻrinbosari – Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

Bosh vazirning yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi

Bosh vazirning yoqilgʻi-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi

Kotibiyatlar

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi masalalari kotibiyati

Davlat aktivlarini boshqarish, sanoatni va raqobatni rivojlantirish masalalari kotibiyati

Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati

Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligining Investitsiyalar, eksportni qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyati 

Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati

Ta’lim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyati

Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati

Yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyati

Yoqilgʻi-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari kotibiyati

Qishloq хoʻjaligi mashinasozligini, yangi meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlashning eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari kotibiyati

Qishloq хoʻjaligi mashinasozligini rivojlantirish masalalari kotibiyati

 

Jismoniy tarbiya va sport, sogʻliqni saqlash, adliya vazirliklari tizimida shtatlarni optimallashtirish hisobiga (har birida 2 nafar shtat birligi, tahr izohi) hamda qoʻshimcha 7 nafar boshqaruv хodimlari shtat birliklari Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ajratilishi orqali Vazirlar Mahkamasining boshqaruv хodimlari cheklangan soni 241 nafar shtat birligidan iborat boʻldi.  

 

Bosh vazirga oʻrta va uzoq muddatga moʻljallangan ustuvor vazifalarni hal qilishning muhimligi va natijadorligini hisobga olgan holda, zarurat boʻlganda, Hukumat хodimlarining umumiy shtatlari soni doirasida uning ijro etuvchi tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.01.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.