Vazirlar Mahkamasining 29.04.2026 yildagi 211-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat хizmatlari portalida Tadbirkorlik sub’yektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrini shakllantirish hamda yangilab borish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizom quyidagilarni belgilaydi:
• YaIDXPda tadbirkorlik sub’yektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning yagona reyestrini shakllantirish va uni yangilash tartibi;
• Yagona reyestrni shakllantirish va yangilashda Yagona reyestr operatori va davlat organlarining huquq va majburiyatlari.
Yagona reyestr operatori – Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Reyestr davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda shakllantiriladi va yangilanadi.
2026 yil 1 sentyabrga qadar "subsidiya.mf.uz" platformasidagi tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan reyestr YaIDXPga integratsiya qilinadi.
Elektron ma’lumotlar bazasida davlat tomonidan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga taqdim etilayotgan mavjud imtiyoz va preferensiyalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar taqdim etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.04.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova





