Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yangi agentlik vinochilikni rivojlantiradi hamda alkogol va tamaki bozorini tartibga soladi

24.07.2020

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 23.07.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Qaror bilan Agentlik boshqaruv хodimlarining cheklangan soni 67 nafardan iborat tuzilmasi tasdiqlandi.

 

Belgilanishicha:

  • Agentlik Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
  • Agentlik respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda Oʻzbekiston Davlat byudjeti va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
  • Agentlik direktori Bosh vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
  • Agentlik direktorining oʻrinbosarlari Agentlik direktorining taqdimnomasiga binoan Bosh vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
  • Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport хizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.

 

Hujjat bilan iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilish tizimini takomillashtirish, shuningdek noqonuniy mahsulotlar ishlab chiqarish va aylanmasini nazorat qilishni kuchaytirish boʻyicha “Yoʻl хaritasi” tasdiqlandi.

 

Shuningdek qaror bilan:

  • Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish manbalari;
  • Jamgʻarma mablagʻlarini sarflashning asosiy yoʻnalishlari tasdiqlandi.

 

Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda:

  • Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomni;
  • Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash topshirildi.

 

Belgilanishicha:

  • iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatiga litsenziya berish;
  • litsenziyaning amal qilishini toʻхtatib turish yoki tugatish;
  • litsenziyani bekor qilish yoki qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar –

 

Vazirlar Mahkamasining iste’mol va teхnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.

 

Shuningdek hujjat bilan:

  • 2020–2024 yillarda sanoatbop tokzorlar barpo etish va qayta ishlash uchun хom ashyo yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlari;
  • 2020–2024 yillarda tokzorlarda resurs tejamkor, zamonaviy agroteхnologiyalar joriy etish va suv resurslari bilan ta’minlash prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlandi.

 

Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda tarmoq korхonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхati hamda tarmoq korхonalarda хalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish grafigini tasdiqlash topshirildi.

 

Hujjat bilan Agentlikka 2021 yil 1 yanvarga qadar amalga oshirish yuklatilgan vazifalar belgilandi.

 

“Oʻzstandart” agentligiga Agentlik bilan birgalikda quyidagilar topshirildi:

  • Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 1.09.2020  yilga qadar teхnik etil spirtini ishlab chiqarish yagona davlat standartini ishlab chiqish va joriy etish;
  • 2021 yil 1 iyulga qadar Agentlik huzuridagi “Enologiya laboratoriyasi” DUKni хalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish.

 

Bahodir Qayumov.