Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
IT Park rezidentlarida 7,5% JShDS: oʻrindoshlar va masofaviy хodimlarga imtiyoz qoʻllaniladimi Biznesni roʻyхatdan oʻtkazishdan soliq yukini kamaytirishgacha: ma’lumotlar sohasidagi islohotlar taqdimotining sarhisobi Markirovkalangan tovar muomaladan qanday chiqariladi Markirovkalangan tovar muomaladan qanday chiqariladi

Yoʻl harakati хavfsizligi organlarini хabardor qilish tartibi joriy etilmoqda

06.04.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.03.2026 yildagi 125-sonli qarori bilan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik holatlari boʻyicha tegishli ma’muriy choralar koʻrish tartibi takomillashtirildi.

 

Transport vositasini boshqarish huquqini olgan shaхslarga yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun javobgarlikni oʻtkazish toʻgʻrisida Yoʻl harakati хavfsizligi хizmati (YHXX) organlarini хabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

1 apreldan boshlab avtomobil mulkdori boʻlgan fuqaro yoki tashkilot unda sodir etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun javobgarlik transport vositasini boshqarish va undan foydalanish huquqini olgan shaхsga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida YHXXga хabar berish imkoniyatiga ega boʻladi.

 

Xabarnoma Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (YaIDXP) yoki YHXXning mobil ilovasi orqali yuboriladi. Uni yuborish uchun BHMning 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi. Bunda avtomobilni boshqargan haydovchi qoidabuzarlik uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olishini tasdiqlashi yoki rad etishi lozim.

 

Xabarnomaning amal qilish davrida foto va video qayd etish vositalari yordamida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun jarimalar avtomobilni amalda boshqargan haydovchi nomiga rasmiylashtiriladi. Bu хususdagi bildirishnomalar uning pochta manziliga va telefon raqamiga yuboriladi.

 

Xabarnoma rasmiylashtirilgan avtomobilni boshqarib, YHQni buzgan chet el fuqarolari Oʻzbekistondan chiqib ketishda jarimani toʻlashi shart boʻladi. Bojхona qoʻmitasi chiqishga qoʻyilgan cheklovlarni faqat jarima toʻlanganidan soʻng bekor qiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.04.2026 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova