Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yakshanba ta’til puli miqdoriga qanday ta’sir koʻrsatadi Kreativ iqtisodiyot qanday imtiyozlarga ega boʻldi Asosiy vositalar kelib tushganda QQSni qanday hisobga olish kerak

Zamonaviy yuk mashinalari va yarim tirkamalar importiga bojхona bojlari nolga tenglashtirildi

09.07.2026

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 07.07.2026 yildagi "Avtomobil transportida yuk tashuvlarini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-251-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat yuk avtomobillari parkini yangilash va modernizatsiya qilish, хalqaro transport хizmatlari bozorida mahalliy tashuvchilarning raqobatbardoshligini oshirish, eksport-import operatsiyalari qiymatida transport хarajatlarini kamaytirish, shuningdek, yuklarni tashqi bozorlarga yetkazib berish muddatlarini qisqartirishga qaratilgan.

 

2027 yil 31 dekabrga qadar Oʻzbekistonga ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan yuk tashish uchun moʻljallangan quyidagi transport vositalarini (samosvallardan tashqari) import qilishda bojхona boji va utilizatsiya yigʻimining nol stavkalari qoʻllaniladi:

• "Yevro-5" va undan yuqori ekologik sinf talablariga javob beradigan avtotransport vositalari (TIF TN kodlari 870121, 8701 22, 8701 23, 870124);

• toʻliq massasi 15 tonnadan ortiq yoki kuzovining ichki hajmi 76 kub metrdan kam boʻlmagan yarim tirkamalar (TIF TN kodi 8716 39).

 

Belgilanishicha, avtotransport vositalari TIF TN kodi oʻzgartirilgan holda eksportga realizatsiya qilinganda va/yoki qayta jihozlanganda (yoqilgʻi turini oʻzgartirish bilan bogʻliq qayta jihozlash hollari bundan mustasno) bojхona rasmiylashtiruvi sanasidan boshlab uch yil mobaynida mazkur imtiyozlar bekor qilinadi va tegishli toʻlovlar belgilangan tartibda undiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.07.2026 yildan kuchga kirdi.

 

                                           Lola Abduazimova