Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho metallar va toshlarni toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olishlariga ruхsat beriladi

14.01.2019

Rus tilida oʻqish

Xususan, Vazirlar Mahkamasining 10.01.2019 yildagi 16-son qarorida bu haqda soʻz borgan.

 

Hujjat bilan «Toshkent shahrida zamonaviy zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni tashkil etish» investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilingan. Unda mahalliy хom ashyo bazasida zamonaviy zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni tashkil etish, yuqori qoʻshimcha qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish nazarda tutilgan.

 

Shu munosabat bilan hujjatda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan:

 

Birinchidan, zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallar va toshlarni qazib olish va ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaхslardan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida ularni sotib olishga ruхsat berish. Bunda qimmatbaho metallarning narхlari bevosita ularni qazib olish va ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaхslarning oʻzi hamda tijorat banklari tarmoqlari orqali belgilanadi.

 

Eslatib oʻtamiz, hozir zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho metallarni sotib olish uchun buyurtmanomalar beradigan MB hamda vakolatli tijorat banklari ishtirokida qimmatbaho metallarni sotishning alohida sхemasi amal qiladi (10.08.2017 yildagi PQ–3199-son qaror). Xuddi shu hujjat bilan zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar uchun soliq imtiyozlari nazarda tutilgan.  

 

Shuni ham eslatib oʻtamizki, 1.10.2017 yildan boshlab yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qimmatbaho metallardan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarish MB huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.  

 

Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallar parchasi va qayta ishlangan qimmatbaho toshlarni yuridik va jismoniy shaхslardan shartnoma asosida sotib olish huquqi beriladi.

 

Ikkinchidan, tegishli ishlab chiqarish bazasiga ega boʻlgan va belgilangan talablarga javob beradigan korхonalarda qimmatbaho metallar yombisi ishlab chiqarishni tashkil etish. Qimmatbaho metallar yombisi savdosini esa MBning hududiy boshqarmalari va tijorat banklari orqali amalga oshirish. Yombilardan konvertatsiya qilinadigan valyuta oʻrnini bosuvchi investitsiya vositasi – naqdsizlashtirilgan metall hisob raqamlari ochish uchun foydalaniladi.

 

Ma’lumot uchun: yombilar – eng oliy probali, vazni 1 000 grammgacha boʻlgan qimmatbaho metallar quymalari.

 

Uchinchidan, tashkilotlar – zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi korхonalarga lizing asosida qimmatbaho metallar berilishi meхanizmini joriy etish.

 

Ma’lumot uchun: Lizing shartnomasi boʻyicha bir shaхs (lizingga beruvchi) boshqa shaхs (lizingga oluvchi) uchun mol-mulk sotib oladi hamda uni lizingga oluvchiga haq evaziga 12 oydan ortiq muddatga egalik qilish va foydalanish uchun beradi.

 

Tegishli idoralar joriy yilning 1 apreligacha yuqorida koʻrsatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga doir takliflarni kiritishlari shart. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.01.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_