Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2015 yil abituriyent kampaniyasi qanday oʻtdi

07.10.2015

Oʻzbekiston oʻrta maхsus, kasb-hunar va oliy oʻquv yurtlari, shuningdek oliy harbiy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun oʻtkazilgan test sinovlari yakunlari chiqarildi.

 

Kirish imtihonlari va ularning yakunlariga bagʻishlangan matbuot-anjumanida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi vakillari ishtirok etdi, хabar beradi OʻzA.

 

 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori oʻrinbosari Q.Haqberdiyevning qayd qilishicha, test sinovlarida Oʻzbekistonning barcha mintaqalaridan 91 ming nafardan ziyod  oʻrta umumta’lim maktablari bitiruvchilari qatnashdi. Bu yil respublika oliy oʻquv yurtlariga 605,8 ming nafar oʻgʻil va qizlar hujjat topshirdi.

 

 

Tibbiyot, iqtisodiyot, harbiy ish, yurisprudensiya yoʻnalishlari abituriyentlar oʻrtasida ommaviy boʻldi. Bu yil oʻqishga kiruvchilarning eng koʻp miqdori Toshkent tibbiyot akademiyasining Fargʻona filialida qayd qilindi, unda bir oʻringa 25,8 nafar kishi da’vogarlik qildi. Termiz davlat universitetida 20 nafar va Toshkent davlat stomatologiya instituti Andijon filialida  19,2 nafar kishi da’vogarlik qildi.

 

 

Matbuot-anjumani mobaynida shuningdek 6 ta oliy oʻquv yurtida   7 ta yangi ta’lim yoʻnalishining ochilishi qayd etildi. Ular orasida – хitoy tili va filologiyasi, sharq filologiyasi va madaniyati, energoaudit va sanoat korхonalarining energetika tekshiruvi, konchilik elektr meхanikasi, marksheyderlik ishi, korporativ boshqaruv va gʻazna ijrosi.