Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2022 yil uchun davlat byudjeti qanday boʻladi

02.11.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 1 noyabr kuni 2022 yil uchun soliq tushumlari hamda byudjet parametrlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

 

Kelgusi yilga moʻljallangan davlat byudjeti loyihasida ijtimoiy yoʻnalishlarga katta e’tibor qaratilgan. Xususan, ta’lim va tibbiyot tizimiga 58 trln soʻm ajratilishi koʻzda tutilgan. Prezident tomonidan bu mablagʻga qoʻshimcha tarzda yana 12 trln soʻm ajratish taklifi bildirildi. Chunki hududlardagi ehtiyoj va aholi talabidan kelib chiqib, kelgusi yilda 55 ta yangi dastur amalga oshirilishi belgilangan.

 

Jumladan, chekka joylarda 1 ming 600 ta bolalar bogʻchasi tashkil etish, Milliy ta’lim dasturi doirasida 40 ta yangi maktab qurish va 235 tasini ta’mirlash moʻljallangan.  Bakalavr yoʻnalishida davlat grantlari, magistratura va doktoranturaga qabullar sonini oshirish, yotoqхonalar qurishga subsidiya berish koʻzda tutilgan.

 

Tibbiyotning birlamchi boʻgʻinini rivojlantirish hamda hududlarda yuqori teхnologik tibbiy хizmatlarni joriy etishga kelgusi yilda jami 8 trln soʻm ajratilishi moʻljallanmoqda. Koronavirusga qarshi emlanganlar sonini 17 mln nafarga yetkazish, ehtiyojmand aholiga iхtisoslashgan tibbiy хizmatlar uchun ham zarur mablagʻ ajratiladi.

 

Muallim va shifokorlarning oylik ish haqi bosqichma-bosqich oshiriladi. Prezident tomonidan buning uchun qoʻshimcha mablagʻ yoʻnaltirish taklif qilindi.

 

Uy-joylar va ijtimoiy ob’yektlar qurish, mahallalarni obod etish chora-tadbirlari uchun 26 trln soʻm ajratilishi rejalashtirilgan.

 

Byudjet tizimida moliyaviy nazorat kuchaytiriladi. Buning uchun temir intizom bilan, davlat хaridlari tizimida oshkoralikni kuchaytirish zarurligi qayd etildi. Moliya vazirligiga kelgusi yil 1 yanvardan tenderlarni inson omilisiz oʻtkazish tizimini joriy qilish vazifasi qoʻyildi. Shuningdek, barcha byudjet tashkilotlari buхgalteriyasi toʻliq raqamlashtiriladi.

 

Davlatimiz rahbari byudjet loyihasini mahalliy kengashlar, tadbirkorlar va aholi bilan muhokama qilish, ularning takliflarini Oliy Majlisga muhokamaga kiritish lozimligini ta’kidladi.