Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Advokaturani rivojlantirish istiqbollari: Oʻzbekiston va хorijiy davlatlar tajribasi

14.02.2023

Rus tilida oʻqish

2022 yilning 4 noyabr kuni, Toshkent shahrida Advokatlar palatasi va Adliya vazirligi tomonidan хorijiy hamkorlar bilan  Advokaturani rivojlantirish istiqbollari: Oʻzbekiston va хorijiy davlatlar tajribasi” mavzusida Xalqaro II konferensiya tashkil etildi.

 

Konferensiya ishida 200 dan ortiq ishtirokchilar, Oʻzbekistonning huquqshunoslari bilan bir qatorda, хorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan advokatura hamjamiyati vakillari hamda ekspertlar ishtirok etdilar.

 

Konferensiyaning asosiy maqsadi – advokatura institutini mustahkamlash,  хorijiy mamlakatlarning advokatura hamjamiyati vakillari bilan oʻzaro tajriba almashish, хorijiy va milliy ekspert guruhlarining advokaturaning istiqbollari toʻgʻrisida va advokatlik amaliyoti boʻyicha fikrlarini tahlil qilish.

 

Oʻzbekiston Advokatlar palatasi raisi Alim Ernazarov oʻz nutqida soʻnggi yillarda mamlakatimizda advokatura institutining inson huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi rolini yanada kuchaytirish hamda chinakam mustaqilligini ta’minlash boʻyicha tizimli islohotlar amalga oshirilayotganligini qayd etdi.

 

Konferensiya ishi davomida davlat boshqaruvi va qonun ustuvorligini ta’minlash, advokatlik faoliyatini raqamlashtirish, advokaturaning samarali ishlashi uchun kafolatlar,  tadbirkorlikni huquqiy qoʻllab-quvvatlash, yuristlarning kasbiy ta’limi, bepul yuridik yordam va boshqa mavzularda хalqaro ekspertlarning ma’ruzalari tinglandi va muhokama qilindi.

 

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari advokatlik faoliyati boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar, Advokatlar palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish, advokatlik institutini isloh qilish masalalarini muhokama qilishdi.

 

Keyinchalik advokatura sohasida oʻzaro tajriba almashish, normativ-huquqiy hujjatlar, uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish va boshqa dolzarb masalalar boʻyicha hamkorlikni davom ettirish rejalashtirilmoqda.