Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali endi ana shunday imkoniyatni taqdim etmoqda.
Xizmatning toʻliq nomi: avtotransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarining haydovchilarini oʻqitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida nodavlat ta’lim хizmatlarini taqdim etish uchun berilgan litsenziyani qayta rasmiylashtirish.
U yuridik shaхslarga yarim avtomatik rejimda taqdim etiladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻimning (EKIHning 1 barobari) 50 foizi undiriladi.
Xizmat Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-son qarori bilan tartibga solinadi.
Arizani Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqadi.