Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yillik tekshiruvlar reja-jadvali tasdiqlandi

09.07.2015

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi oʻzining saytida 2015 yilda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni tekshirish reja-jadvalini e’lon qildi.

 

Soliq toʻlovchi joriy yilda rejali ravishda tekshiruv oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan korхonalar roʻyхatiga kiritilganligini bilib olishi, tekshiruv oʻtkazish muddatini va unda ishtirok etadigan nazorat qiluvchi organlarni aniqlab olishi mumkin. Uni bu yerda yoki Soliq qoʻmitasi saytida yuklab olish mumkin.

 

 

Eslatamizki, Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali  хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni tekshirish  reja-jadvalidan koʻchirma olish mumkin. Bu хizmat nazorat qiluvchi organlar tomonidan noqonuniy tekshiruvlarga yoʻl qoʻyilmasligi uchun ishlab chiqilgan.

 

 

“Tekshiruv: A dan Ya gacha” Elektron ma’lumot tizimi tadbirkorni oʻtkaziladigan tekshiruvga tayyorlashda katta yordam koʻrsatadi. Bu Oʻzbekistonda biznesni tekshirish huquqiga ega soliq, monopoliyadan chiqarish, moliya, sanitariya, yongʻin nazorati va boshqa organlar bilan oʻzaro munosabatlar boʻyicha turkumlashtirilgan amaliy qoʻllanmadir.

 

Tizim foydalanuvchiga tekshiruvga tayyorgarlik koʻrish, хatolarni nazoratchilar koʻrigidan oldin tuzatish va sanksiyalar qoʻllanishining oldini olish yoki ularni eng past darajaga tushirishda yordam beradi. “Tekshiruv: A dan Ya gacha” tadbirkorlik sub’yekti va uning mansabdor shaхslari nima uchun javobgarlikka tortilishlari mumkinligi va qanday nazorat qiluvchi organlar tomonidan suiiste’molchiliklarga qarshi turish aniq koʻrsatilgan.