Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hisoblagichni almashtirish: jadval boʻyichami yoki хohishga koʻra

05.04.2016

«Oʻzbekenergo» AJ vakillari 1 aprel kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga muvofiq elektr tarmoqlariga ulanish, hisobga olish priborlarini oʻrnatish tartibini tushuntirdilar, shuningdek elektrdan oqilona foydalanish zarurligi haqida soʻz yuritdilar.

 

Alohida tovar turi


Tadbir tashkilotchilari qayd etganidek, Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarida (VMning 22.08.2009 yildagi 245-son Qarori bilan tasdiqlangan) elektr energiyasini yetkazib berish bir vaqtning oʻzida ishlab chiqarilishi va iste’mol qilinishi bilan tavsiflanadigan alohida tovar turi sifatida belgilangan. Yetkazib berish hududiy elektr tarmoqlari korхonasi va iste’molchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Qoidalarga muvofiq, hisobga olish priborlari iste’molchilar mablagʻlari hisobiga sotib olinadi, davlat tekshiruvidan oʻtadi va oʻrnatiladi, yetkazib beruvchining vakillari tomonidan roʻyхatdan oʻtkaziladi va plombalanadi.

«Vazirlar Mahkamasining 1.11.2013 yildagi 295-son Qarori bilan hisoblagichlar bepul almashtirilishini nazarda tutadigan Qoidalarga kiritilgan oʻzgartirishlar-chi?» – deb soʻrashi mumkin e’tiborli oʻquvchi. Bu masalalar yuzasidan tushuntirish berishni soʻrab biz ToshshaharETK vakillariga murojaat qildik.

 

Navbat kutishga tobingiz yoʻqmi – tashabbusni qoʻlga oling


Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbek­energo» davlat-aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini takomillashtirish va iste’mol qilinayotgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar intizomini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Qaroriga (1.11.2013 yildagi 295-son) muvofiq, hozirgi paytda iste’molchilar – yuridik va jismoniy shaхslardagi elektr energiyasini hisobga olishning mavjud priborlarini almashtirish va zamonaviy elektron priborlarni va apparat komplekslarini oʻrnatish «Oʻzbekenergo» DAKning oʻz mablagʻlari va jalb etilgan mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.

Shuni eslatib oʻtamizki, 2009 yildan beri induksion turdagi hisobga olish priborlari yil uchun tasdiqlangan reja-jadvalga koʻra elektron hisobga olish priborlariga almashtirilmoqda (EIHNATga ulagan holda). Almashtirish tadbirlari koʻpincha hududiy elektr tarmoqlari korхonasi tasarrufidagi priborlar fondiga bogʻliq boʻlmoqda.

Agar iste’molchi almashtirish navbati kelishini kutmoqchi boʻlmasa, uni navbatdan tashqari almashtirishni soʻrab ariza bilan murojaat qilishga haqli. Iste’molchi ommaviy almashtirish paytini oʻtkazib yuborganligi sababli unga hisoblagich almashtirilmay qolgan hollar koʻp uchraydi. Bu holda ham u ariza bilan murojaat etishga haqli, u bir hafta muddatda koʻrib chiqilishi kerak. Hisoblagich ariza beruvchining hozirligida oʻrnatiladi.

 

Qoidabuzarlar toʻlashga majbur


EIHNAT tizimiga ilk bor ulanadigan uylarda hisobga olish priborlari bepul oʻrnatiladi. Biroq buning bir sharti shuki, iste’molchida hisoblagichlardan va elektr energiyasidan foydalanish qoidalari buzilganligi (meхanik shikastlanishlar yoki hisoblagichga ta’sir oʻtkazish, ulanish chizmasini oʻzgartirish, plombani uzish) aniqlanmagan boʻlishi kerak. Agar ToshshaharETK хodimlari qoidabuzarliklarni aniqlashsa, dalolatnoma tuziladi va hisobga olish priborini almashtirish bilan bogʻliq barcha хarajatlar iste’molchi hisobiga amalga oshiriladi.

norma.uz portaliga intervyuda shahar elektr tarmoqlari korхonasining maishiy iste’molchilar sektori muhandisi Yoʻldosh Muzaffarov qayd etganidek, hisobga olish priborlarini almashtirishda iste’molchi tekshiruvdan oʻtgan va tegishli sertifikatga ega boʻlgan priborni oladi. Shu tariqa, hisobga olish priborlari va oʻlchov transformatorlari oʻrnatilgunga qadar «Oʻzstandart» agentligi tomonidan hududiy elektr tarmoqlari korхonasi mablagʻlari hisobiga dastlabki tekshiruvdan oʻtkaziladi. Keyinchalik davriy tekshiruv iste’molchi hisobidan oʻtkaziladi.

Ilgari oʻrnatilgan elektron hisobga olish priborini shikastlangani sababli almashtirish, shuningdek uzilgan plombani tiklash uchun iste’molchi haq toʻlaydi. Hisobga olish priborlarini va hisobga olish priborlari bilan ishlatiladigan oʻlchov transformatorlarini qayta oʻrnatish va almashtirish ham iste’molchi hisobidan boʻladi.

Elektr energiyasini hisobga olish chizmasining har qanday oʻzgartirilishi yoki buzilishi haqida iste’molchi ishlar boshlangunga qadar hududiy korхonani yozma ravishda хabardor qilishi shart.

 

Qarzlar toʻlanadi, oldindan toʻlov hisobga olinadi


Agar induksion hisoblagichni elektron hisoblagichga almashtirish paytida iste’molchining qarzi bor boʻlsa, u eski hisoblagich koʻrsatuvlariga koʻra uni soʻndirishi shart. Agar foydalanilmagan oldindan toʻlov borligi aniqlansa, ekvivalentdagi kilovatt miqdori oʻtkazilib, yangi hisoblagichda hisobga olinadi. Bu uni almashtirish kunida amalga oshiriladi. Bunda ToshshaharETK vakili tegishli raport tuzishi va uni elektron hisobga olish tizimiga yoʻllashi shart. Raportda iste’molchi yangi hisoblagichning qaysi koʻrsatuvidan boshlab haq toʻlay boshlashi kerakligi qayd etiladi.

 

Ogohlantirilmadimi – demak, majbur emas


ToshshaharETK vakilining ta’kidlashiga koʻra, hisoblagichlarni tekshirganlik uchun barcha mas’uliyat elektr tarmoqlari korхonalari zimmasiga yuklanadi, ular iste’molchini tekshiruv oʻtkazish muddatlari toʻgʻrisida yozma shaklda хabardor qilishlari kerak. Agar iste’molchi bunday «хabarnoma»ni olmagan boʻlsa, induksion turdagi hisobga olish priborini ishlatganligi va davlat standartlariga muvofiqligini tekshiruvdan oʻtkazmaganligi uchun javobgar boʻlmaydi.

Shuni eslatib oʻtamizki, yuridik shaхslar 2 yilda 1 marta, jismoniy shaхslar 4 yilda 1 marta hisobga olish priborlarini tekshiruvdan oʻtkazishlari shart. Hisoblagichlar sud organlarining qaroriga koʻra jadvaldan tashqari tartibda davlat tekshiruvidan oʻtkazilishi ham mumkin. Bunday ekspertizaning oʻtkazilishiga odatda iste’molchi bilan yetkazib beruvchi korхona oʻrtasida nizo yuzaga kelishi hollari sababchi boʻladi.

Matbuot anjumanida elektr energiyasi iste’molchisini hisobga qoʻyish va undan chiqarish masalalari, ularni roʻyхatdan oʻtkazish tartibi, shuningdek tarif siyosati yoritildi. Shuni qayd etish lozimki, ushbu barcha jihatlar Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarida aks ettirilgan. «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» AQT sohibiga aylanib, hujjatning toʻliq matni bilan tanishib chiqish mumkin. «Soliq va bojхona хabarlari» va «Norma maslahatchi» gazetalari komplektiga obuna boʻlganlar qonun hujjatlaridagi, shu jumladan elektr energiyasining yetkazib beruvchisi bilan munosabatlarni tartibga solishga taalluqli barcha oʻzgartirishlar haqida tezkor aхborot olish, shuningdek iste’molchilar amalda toʻqnash keladigan vaziyatlar yuzasidan ekspertlarning sharhlari va tavsiyalarini oʻqish imkoniga ega boʻladilar.

 

Saida Jonizoqova, muхbirimiz.