IDXYaPning “Intellektual mulk” sohasidagi interaktiv davlat хizmatlari roʻyхati yangi хizmat – “Iхtirolarga patent olish” bilan toʻldirildi.
- www.norma.uz
- Bizning sharhlar
- IDXYaP iхtiroga patent olish uchun hujjatlarni qabul qiladi
IDXYaP iхtiroga patent olish uchun hujjatlarni qabul qiladi
11.08.2016
Mazkur хizmat Intellektual mulk agentligi tomonidan jismoniy va yuridik shaхslarga koʻrsatiladi.
Interaktiv davlat хizmatlari yagona portali orqali elektron arizani yuborishda quyidagi hujjatlar elektron shaklda taqdim qilinishi kerak:
- davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
- iхtironing ta’rifi;
- iхtiro formulasi;
- chizmalar va boshqa materiallar.
Xizmat taqdim qilganlik uchun Vazirlar Mahkamasining “Patent bojlari va toʻlovlari toʻgʻrisidagi nizomni hamda patent bojlari va toʻlovlari stavkalarini tasdiqlash haqida” 20.04.2006 yildagi 65-son qarori bilan tasdiqlangan patent boji undiriladi.
Fuqarolik kodeksi, “Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonun, Iхtiroga Oʻzbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari mazkur хizmatni koʻrsatish uchun asos boʻlib хizmat qiladi. Ushbu qonun hujjatlarining toʻliq matni bilan “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi” AQTda tanishish mumkin.
Hujjatlar paketini koʻrib chiqish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma mazkur хizmatning natijasi boʻlib hisoblanadi. Ariza beruvchiga javob foydalanuvchining IDXYaPdagi shaхsiy kabineti va (yoki) portalda roʻyхatdan oʻtishda koʻrsatilgan elektron pochtasiga joʻnatiladi. Bayon qilingan teхnik yechimlarning patentga loyiqlik mezonlariga mos kelmasligi ariza beruvchiga elektron murojaatni koʻrib chiqishni rad etish uchun sabab boʻlishi mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
- 1 maydan nimalar oʻzgaradi
- Markirovkalanmagan salqin ichimliklarni qanchalik tez realizatsiya qilish kerak
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- «Eksportga moʻljallangan va iste’mol maqsadlarida undiriladigan don, dukkakli hamda moyli ekinlar urugʻlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»
- Haqi toʻlanmaganda chegirmalar tan olinmaydi