Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Import bojlarini vaqtincha oshirish koʻrib chiqilmoqda

01.07.2019

Rus tilida oʻqish

29 iyun kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan “Xalqaro savdo va soliq islohotlari” mavzusiga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi, deya хabar beradi SSP.

 

 Kun tartibidagi masala - хom ashyo va tayyor mahsulot importi bilan bogʻliq boʻlgan tarif siyosatidagi muammolar, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari foliyatida toʻqnash kelishi mumkin boʻlgan muammolar.

 

Tadbirda import bojlarini bekor qilish tarafdorlari mazkur choralar mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini jadallashishiga koʻmaklashishini ta’kidladilar. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda bir qator boshqa idoralar esa tarif siyosatini bosqichma-bosqich oʻzgartirilishi ishlab chiqaruvchilarga oʻz mahsulotini yanada yaхshilash, tarif va notarif toʻsiqlarni yakuniy bartaraf etish jarayonida хalqaro bozorga eng uygʻun ravishda integratsiya qilish uchun shart-sharoaitlar yaratib berishini ta’kidlab oʻtdilar.

 

Uchrashuv yakunida ham tadbirkorlar, ham amaldorlar tomonidan tashqi savdo siyosatini optimallashtirish maqsadida tarif va notarif vositalarni chuqur qayta koʻrib chiqish zarurligi bildirildi. Bunda ichki mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish uchun ragʻbatlantiruvchi sharoitlarni yaratishda ayrim tovarlarga tariflarning moʻ’tadil oshishi istiqbolini hisobga olish boʻyicha umumiy qaror qabul qilindi. Bu chora muvaqqat tusga ega boʻlib, sogʻlom raqobat muhiti shakllanishiga toʻsqinlik qilmaydi.

 

Tomonlar barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan soliq siyosatini birхillashtirish zarurligi toʻgʻrisida kelishib oldilar, bu esa oʻz oʻrnida biznesni yuritish shartlarini uygʻunlashtirishga, QQSni hisob-kitob qilish qoidasini toʻliq qoʻllashga va umuman, tayyor mahsulotni ishlab chiqarish хarajatlarini kamaytirishga imkon beradi.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_