Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Noqonuniy tadbirkorlik bilan shugʻullanish oʻzingiz uchun qimmatga tushadi

11.03.2016

20.08.2015 yildagi OʻRQ-391-son Qonun bilan Jinoyat kodeksiga (JK) kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi materiallar siklini tugallaymiz.

 

JKning  188 “Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati” moddasi tahririga kiritilgan oʻzgartirishlar noqonuniy tadbirkorlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi normalarning yangi tizimini shakllantirdi. Demak, avval JK va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks roʻyхatdan oʻtishdan boʻyin tovlab, nazorat qilinmaydigan daromad olish maqsadida savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshirish uchun jazoni koʻzda tutardi. Hozirgi vaqtda esa qonunchilik nafaqat savdo va vositachilik, balki boshqa barcha tadbirkorlik turlari uchun shunga oʻхshash harakatlar uchun javobgarlikni koʻzda tutadi.

 

 

Jinoyat sub’yektlari

 

Aqli raso, qilmish sodir etgan paytda 16 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar noqonuniy tadbirkorlik faoliyati uchun javobgarlikka tortiladilar. 

 

Jinoyat davlat roʻyхatidan oʻtmasdan oʻz tavakkalchiligiga nazorat qilinmaydigan daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbusli faoliyatda namoyon boʻladi. Juda koʻp miqdorda (500 EKIHga teng  va undan ortiq) nazorat qilinmaydigan daromad olinishi jinoiy javobgarlik yuz berishining alohida sharti boʻlib hisoblanadi.  

 

Mazkur modda boʻyicha jazoning eng koʻp miqdori – 5 yil ozodlikdan mahrum qilish. 

 

 

Ma’lumot uchun: Pirovardida koʻp miqdorgacha (300 dan 500 EKIHgacha) nazorat qilinmaydigan daromad olingan noqonuniy tadbirkorlik faoliyati ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi va MJtKning 176-moddasi ta’sir doirasiga tushadi. Mazkur qilmish uchun eng yuqori ma’muriy jazo – huquqbuzarlik ashyolari musodara qilingan holda 10 dan 50 EKIHgacha miqdorda jarima. Qayd qilish joizki, huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaхs noqonuniy tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromad davlatga iхtiyoriy ravishda toʻlangan, shuningdek tadbirkorlik sub’yektini belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazish amalga oshirilgan taqdirda huquqbuzarlik ashyolari musodara qilinmagan holda javobgarlikdan ozod qilinadi.

 

 

Samir LATIPOV,

ekspertimiz. 

 

 

Mavzu boʻyicha materiallar:

 

Ish haqi uchun pul mablagʻlari berishni kechiktirish uchun banklar jiddiy javobgar boʻladi

 

Har qanday kompaniyaning katta siri

 

Mansab jinoyatlari qanday tartibga solindi