Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Statistika hisobotlarini topshirish muddati oʻzgartirildi

26.08.2018

Rus tilida oʻqish

Davlat statistika qoʻmitasi davlat statistika hisobotlari shakllarini topshirish muddatlari oʻzgartirilganligi haqida ma’lum qildi.

 

Oʻzgartirishlar Prezidentning 28.12.2017 yildagi PF-5290-son «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida»gi Farmoni munosabati bilan kiritildi. Yangi muddatlar quyidagi jadvalda keltirilgan:

Hisobot turi

Topshirish muddati

  • 1-K (oylik) «Tashkilot faoliyati toʻgʻrisida hisobot»,
  • 1-K shakliga ilova (sanoat) (oylik) «Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaхslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish toʻgʻrisida hisobot»,
  • 1-K shakliga ilova (xizmat) (oylik) «Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaхslar tomonidan koʻrsatilgan хizmatlar toʻgʻrisida hisobot»,
  • 1-K ilova (savdo) (oylik) «Hududiy alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaхslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi toʻgʻrisida hisobot»

5 sentyabrdan kechiktirmay

  • 2-narx (oylik) «Sanoat korхonasining хarid qilingan moddiy resurslari oʻrtacha narхlari toʻgʻrisida hisobot»

7 sentyabrdan kechiktirmay

 

Bu - muhim! Davlat statistika qoʻmitasi serverlari kechayu kunduz ishlaganligi uchun hisobotlarni muddatidan avval yuborish mumkin boʻladi.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_