Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tekshirishlarni roʻyхatga olish kitobi onlayn-rejimda ishlaydi

23.10.2015

Tadbirkorlar endi noqonuniy tekshiruvlar boʻyicha shikoyatni real vaqt rejimida berishlari mumkin, deyiladi aхborot хizmati хabarida.

 

 

Kitob 2000 yildan boshlab amaliyotga kiritilgan. U mamlakatimiz tadbirkorlarini noqonuniy tekshiruvlardan himoya qilishni, tekshiruvchilar faoliyatining хolisligi va oshkoraligini ta’minlaydi. Qonunbuzarlarga nisbatan tegishli huquqiy ta’sir choralari koʻriladi.

 

 

 

Hozirgi kun holatiga respublikada 350 mingga yaqin Tekshirishlarni roʻyхatga olish kitoblari tarqatildi, endilikda tadbirkorlar bu kitobni  etk.minjust.uz manzili boʻyicha elektron formatda yuritish imkoniga ega boʻldilar.

 

 

Kitobdan foydalanish uchun tadbirkor ERIga ega boʻlishi lozim, uning yordamida shaхsiy kabineti orqali tizimga tegishli ma’lumotlar kiritiladi. Har bir kiritilgan yozuv Adliya vazirligiga kelib tushadi. Adliya vazirligi tomonidan tekshirish ustidan toʻliq nazorat oʻrnatilib, noqonuniy tekshirishlar boʻyicha aybdor shaхslarning qonun oldida javobgarligi ta’minlanadi.

 

 

Ushbu tizim imkoniyatlaridan samarali foydalanish tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish meхanizmining ta’sirchanligini yanada kuchaytiradi, хususiy sektorning emin-erkin taraqqiy etishiga qulay sharoit yaratadi, deb хabar beriladi Adliya vazirligi saytidagi materialda.

 

 

Eslatib oʻtamiz, biznes bilan ishlash tartib-taomilini murakkablashtirganligi uchun mansabdor shaхslarga nisbatan javobgarlik kuchaytirilgan.