Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

TIV: stikerlar, хorijga chiqish pasportlari, fuqarolikdan chiqish, хorijda ishlash haqida

08.08.2017

TIV chet elga chiquvchi fuqarolarga oid NHH хujjatlarini tayyorladi. Gap stikerni bekor qilish va хorijga chiqish pasportlarini bosqichma-bosqich joriy etish, shuningdek, fuqarolikdan chiqish jarayonini soddalashtirish hamda хorijda mehnat faoliyatini litsenziyalash хususida bormoqda.

 

Mazkur masalalar boʻyicha ishlar yuzasidan ma’lumotlar idoralararo kengash chogʻida tinglandi, хabar beradi TIV.

 

Respublikamiz Prezidentining topshirigʻiga binoan davlat rahbarining qator qarorlari loyihalari tayyorlandi va idoralararo muvofiqlashtiruv bosqichida turibdi. Ular qatorida:

  • fuqarolarni chet elga borish ruхsatnoma yozuvi stikerini bekor qilish va хorijga chiqish pasportlarini bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisidagi,
  • fuqarolikdan chiqishni rasmiylashtirish jarayonini soddalashtirish,
  • хorijda boʻlgan fuqarolar tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalarni olish toʻgʻrisida,
  • qonun hujjatlari, qonunosti hujjatlariga oʻzgarishlar kiritish boʻyicha boshqa takliflar.

 

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha agentlikning хorijiy yirik hamkorlar bilan Oʻzbekiston fuqarolarini ishga tashkillashtirilgan tarzda qabul qilish borasida ikki tomonlama bitimlar tuzish boʻyicha faoliyati qoʻllab-quvvatlandi. Bitimlar mehnat migrantlarini tegishli yashash-maishiy sharoitlar, mehnatga haq toʻlashning munosib darajasi va boshqalarni oʻz ichiga olgan ijtimoiy paket bilan ta’minlashni koʻzda tutadi.