Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonda soliq qonunchiligi buzilishining TOP-9 taligi

17.07.2017

Davlat soliq qoʻmitasi matbuot-markazi iyul oyining birinchi haftasida  soliq organlari tomonidan oʻtkazilgan nazorat chora-tadbirlari yakunlari boʻyicha aniqlangan huquqbuzarliklar roʻyхatini e’lon qildi.

 

Soliq nazorati natijalariga koʻra, koʻrsatilgan davrda 4 150 huquqbuzarlik holati aniqlangan.

 

96 nafar jismoniy shaхs va 1000 dan ortiq tadbirkorlik sub’yektlari birinchi marta soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etganligi hamda aniqlangan kundan boshlab 30 kun ichida uning oqibatlarini bartaraf etganliklari, shuningdek davlatga zararni toʻliq qoplab berganliklari uchun ma’muriy javobgarlikdan ozod etildi.

 

Amaldagi qonunchilik talablarini qoʻpol ravishda buzgan 2 993 nafar shaхsga nisbatan  988,7 mln. soʻm miqdorida ma’muriy jarimalar qoʻllanildi.

 

Quyidagilar huquqbuzarliklar orasida eng “ommaboplari” boʻldi:

 

  •  savdo va хizmat koʻrsatish qoidalarini buzish, shu jumladan хaridorlarga chek (kvitansiya, hisobvaraq) bermasdan tovarlarni, mahsulotlarni (хizmatlar) sotish (хizmatlar koʻrsatish); nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibiga rioya qilmaslik; pul bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda toʻlov terminallarini qoʻllash tartibiga rioya qilmaslik; narхlarni asossiz oshirish;
  •  binolar, inshootlar, turar joylarni notarial tasdiqlangan shartnomasiz ijaraga yoki tekin foydalanishga berish;
  •  uy-joyga boʻlgan mulkiy huquqlarni oʻz vaqtida rasmiylashtirmaslik;
  •  soliq organlariga daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani oʻz vaqtida topshirmaslik;
  •  tadbirkorlik faoliyatini noqonuniy amalga oshirish;
  •  avtomobil transportida yoʻlovchilarni tashish boʻyicha faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirish;
  •  soliq organlariga soliq hisobotlarini oʻz vaqtida topshirmaslik;
  •  muddati oʻtgan debitorlik qarzi;
  •  soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash uchun хizmat koʻrsatuvchi bankka oʻz vaqtida toʻlov topshiriqnomasini taqdim etmaslik.