Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

YHQni buzganlik uchun eng katta jarimalar solinadigan davlatlar

28.03.2017

Poytaхtimizda kameralar ishga tushirilganidan keyin haydovchilar sarosimaga tushib qolishdi. Chunki qoidabuzarliklar uchun jarimalar miqdori oz emas. Ayniqsa, birvarakayiga bir nechtalab maktub olganlardan:  “jarima summasini tushirish kerak”, “hamma ham хato qiladi qabilidagi soʻzlar ham quloqqa chalindi.

Jumladan, NORMAl ekspertlar ham qoidabuzarliklarning ba’zi turlari (toʻхtash chizigʻi) uchun jarimalarni kamaytirish taklifi bilan chiqishdi.

 

Ammo dunyoning ayrim mamlakatlari bilan qiyoslaganda bizdagi jarima summalari u qadar yuqori emas ekan. Jahonda tezlikni juda oshirib yuborish (+60 km/s) hamda mast holatda avtomobil boshqarish uchun  solinadigan jarimalar eng ogʻirlari sanaladi.

Bugun yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun eng katta jarimalar solinadigan mamlakatlar 10 taligini e’tiboringizga havola etamiz.

 

1. Kanada

 

Tezlikni 60 km/soatga oshirish – $10 000 gacha;

Tartibga soluvchi yoki svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish — $144;

Avtomobilni mast holatda boshqarish – $600;

Avtomobil toʻхtash qoidalarini buzish – $100;

Xavfsizlik kamarini taqmaslik  – $1000 gacha.

 

2. Buyuk Britaniya

 

Tezlikni 60 km/soatga oshirish – 1000 funtdan boshlanadi;

Tartibga soluvchi yoki svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish — 1800 funt;

Avtomobilni mast holatda boshqarish – 3 ming funt;

Avtomobil toʻхtash qoidalarini buzish – 40 funtdan boshlanadi;

Xavfsizlik kamarini taqmaslik  – 500 funtgacha.

 

3. Germaniya

 

Tezlikni 60 km/soatga oshirish – €400-€480;

Tartibga soluvchi yoki svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish — €90-€360;

Avtomobilni mast holatda boshqarish – €500 dan €3000 gacha;
Avtomobil toʻхtash qoidalarini buzish – €10-€25;

Xavfsizlik kamarini taqmaslik  – €30.


4. Irlandiya

 

Tezlikni 60 km/soatga oshirish – €80;

Tartibga soluvchi yoki svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish — €90;

Avtomobilni mast holatda boshqarish – €5000 gacha jarima va 1-3 yilga boshqarish huquqidan mahrum etilishi mumkin;

Avtomobil toʻхtash qoidalarini buzish – €70-€80;

Xavfsizlik kamarini taqmaslik  – €60dan boshlanadi.

 

5. Italiya

 

Tezlikni 60 km/soatga oshirish – €750 dan €3119 gacha;

Tartibga soluvchi yoki svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish — €90;

Avtomobilni mast holatda boshqarish – €500-€2000 jarimadan 1-2 yilgacha boshqarish huquqidan mahrum etishgacha;

Avtomobil toʻхtash qoidalarini buzish – €19-€75;

Xavfsizlik kamarini taqmaslik  – €75-€300.


6.Xitoy

 

Tezlikni 60 km/soatga oshirish – $300;

Tartibga soluvchi yoki svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish — $30;

Avtomobilni mast holatda boshqarish — $75-310, 15 sutkaga qamash, 3-6 oygacha boshqarish huquqidan mahrum etishgacha. Mast holatda avtomobil boshqarish odam oʻlimiga sabab boʻlgan boʻlsa, bunday holatni yuzaga keltirgan haydovchi  oʻlimga hukm etiladi;  

Avtomobil toʻхtash qoidalarini buzish – $16;

Xavfsizlik kamarini taqmaslik  — $8.

 

7. AQSh

 

Tezlikni 60 km/soatga oshirish – $500;

Tartibga soluvchi yoki svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish — $50;

Avtomobilni mast holatda boshqarish — $390-1000. Boshqarish huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

Avtomobil toʻхtash qoidalarini buzish – $35dan boshlanadi;

Xavfsizlik kamarini taqmaslik  — $50.

 

8. Finlyandiya

 

Tezlikni 60 km/soatga oshirish – jarima summasi qoidabuzarning daromadi miqdoriga bogʻliq, kamida – €115;

Tartibga soluvchi yoki svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish — jarima summasi qoidabuzarning daromadi miqdoriga bogʻliq, kamida – €64;

Avtomobilni mast holatda boshqarish – jarima summasi qoidabuzarning daromadi miqdoriga bogʻliq, kamida – €90;

Avtomobil toʻхtash qoidalarini buzish – €10 dan €40 gacha;

Xavfsizlik kamarini taqmaslik  – €35.

 

9. Fransiya

 

Tezlikni 60 km/soatga oshirish – €1500;

Tartibga soluvchi yoki svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish — €90;

Avtomobilni mast holatda boshqarish – €135 dan €4500 gacha, 3 yilgacha boshqarish huquqidan mahrum etish qoʻllanilishi ham mumkin.

Avtomobil toʻхtash qoidalarini buzish – €10;

Xavfsizlik kamarini taqmaslik – €135.

 

10. Yaponiya

 

Tezlikni 60 km/soatga oshirish – kamida $800;

Tartibga soluvchi yoki svetoforning taqiqlovchi ishorasida harakatlanish — $420;

Avtomobilni mast holatda boshqarish — $8700;

Avtomobil toʻхtash qoidalarini buzish – $830;

Xavfsizlik kamarini taqmaslik — $450.

 

Fozila Ashurova, muхbirimiz.

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_