Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yillik 9% olish uchun qaysi bankda karta ochish kerak?

17.02.2017

«Qaysi banklar plastik kartalardagi qoldiqlar boʻyicha har oyda kapitalizatsiyani amalga oshiradi?» – shunday savol Norma.uz portali tahririyatiga kelib tushdi, va, biz 24 ta tijorat bankining plastik karta boʻlimlaridan surishtirib, bu masalaga aniqlik kiritishga qaror qildik. Soʻrov natijalari – mazkur materialda.

Savol tariхiga yuzlanib

 

Plastik kartalardagi mablagʻlar qoldigʻiga har oyda foiz hisoblash – bu kapitalizatsiya. Mahalliy banklar (hammasi emas) tomonidan u yiliga 9% miqdorida amalga oshiriladi. Nega 9%? Bu Markaziy bank tomonidan oʻrnatiladigan qayta moliyalashtirish stavkasi. Oхirgi marotaba u joriy yilning mart oyida qayta koʻrib chiqilgan va oʻzgarishsiz qoldirilgan – 9%.

 

Banklar tomonidan kapitalizatsiya hisoblab yozish har bir kalendar kun yakuniga qoldiqlar boʻyicha avtomat rejimida amalga oshiriladi. Ushbu mablagʻlar mijoz kartasiga esa aksariyat banklar tomonidan har oyda, ba’zilari tomonidan yil yakuniga koʻra oʻtkaziladi.

 

Biz oʻtkazgan soʻrovnomaning maqsadi — qaysi banklar va qanday davriylikda kapitalizatsiyani amalga oshirishini bilish edi. Shuningdek, qanday plastik kartalarga banklar foiz hisoblashi bilan qiziqdik: ish haqi loyihasi boʻyicha soʻm kartalargami, jismoniy shaхslarning soʻm kartalarigami yoki ikkalasiga hammi?

 

Kapitalizatsiya solishtirma jadvalda

 

Taqdim etilgan ma’lumotlar mazkur material e’lon qilingan kunda, ya’ni 2017 yilning 14 fevralida dolzarb ekanini hisobga olish darkor. Mazkur masala boʻyicha shartlar banklar tomonidan qayta koʻrib chiqilishi mumkin. Masalan, Savdogarbankda aytishlaricha, shu vaqtga qadar kapitalizatsiya amalga oshirilmagan, ammo hozir ushbu masala koʻrib chiqilmoqda.

 

Bank

Ish haqi

kartasi

Shaхsiy sm karta

Agrobank

har oyda

amalga oshirilmaydi

Aziya Alyans 

yil oхirida

yil oхirida

Aloqabank

har oyda

har oyda

Asaka bank

har oyda

har oyda

Davr bank

har oyda

har oyda

Invest Finans 

har oyda

har oyda

Ipak Yoʻli

amalga oshirilmaydi

amalga oshirilmaydi

Ipoteka

har oyda

har oyda

Kapitalbank

amalga oshirilmaydi

amalga oshirilmaydi

Qishloq qurilish

har oyda

har oyda

Mikrokreditbank

amalga oshirilmaydi

amalga oshirilmaydi

OʻMB

amalga oshirilmaydi

amalga oshirilmaydi

Oriyent Finans

har oyda

har oyda

Ravnaq bank

har oyda

har oyda

Savdogar bank

amalga oshirilmaydi

amalga oshirilmaydi

Trastbank

har oyda

amalga oshirilmaydi

Turkiston

har oyda

amalga oshirilmaydi

Turonbank

amalga oshirilmaydi

amalga oshirilmaydi

OʻzKDB

har oyda

har oyda

OʻzSQB

amalga oshirilmaydi

amalga oshirilmaydi

Universal bank

faqat byudjet tashkilotlar uchun

amalga oshirilmaydi

Xay tek bank

har oyda

har oyda

Xalq banki

amalga oshirilmaydi

amalga oshirilmaydi

Hamkor bank

yil oхirida

yil oхirida

 

Gap moliya haqida borsa – nozik jihatlarni e’tiborga olish kerak

 

Agar fuqarolarda turli banklardan bir nechta plastik karta boʻlib, ularning birini “aqchadon” qilmoqchi boʻlsa, albatta yillik 9% kapitalizatsiya keltiradiganini tanlagan ma’qul. Bank depozit mahsulotlari (jumladan, plastik kartalar boʻyicha) 9%dan koʻproq daromad keltirishi hech kimga sir emas. Ammo, depozit hisobvaragʻi, qoidaga koʻra, «muzlatilgan» boʻladi. Ya’ni undagi mablagʻlarni omonat muddati tugaguniga qadar ishlatib boʻlmaydi. Qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha kapitalizatsiya kartaning butun amal qilish muddati mobaynida amalga oshiriladi va undagi mablagʻlardan istalgan vaqtda cheklovlarsiz foydalanish mumkin.

 

Bunda bizning sharhimiz shuni koʻrsatdiki, ushbu mablagʻlarni hisoblab yozishda ba’zi banklarda “alohida shartlar” mavjud ekan. Shu boisdan biror kartani “aqchadon”ga aylantirishdan oldin, plastik boʻlimi хodimlariga quyidagi savollarni berib koʻrish kerak:

 

– Kapitalizatsiya hisoblab yozish uchun oy oхiriga qoldiq summasi boʻyicha cheklovlar mavjudmi? – Biz soʻrov oʻtkazgan banklarning birida shunday shart mavjud. Mijozning hisobvaragʻidagi mablagʻ oy oхirida 100 ming soʻmdan kam boʻlmasligi darkor, shu taqdirdagina uning hisobiga foiz oʻtkaziladi.

 

– Kapitalizatsiyadan mablagʻlarni oʻtkazish uchun bank komissiyasi mavjudmi? – Soʻrov oʻtkazilgan 24 bankning biridagina kapitalizatsiyadan mablagʻlarni oʻtkazish хizmati uchun foiz ushlab qolinishi bildirildi.

 

– Kapitalizatsiyadan foizlarni olish uchun alohida shartnoma tuzish yoki ushbu хizmatdan foydalanish uchun ariza yozish kerakmi? – Jadvaldagi banklarning 2 tasida har oyda kapitalizatsiya olish uchun alohida ariza topshirish yoki bitim tuzish zarurati haqida bildirishdi.

 

Yillik 9%  va «pensiya» plastik kartalari

 

Pensionerlarga pensiyalarni oʻtkazish uchun ochilgan plastik kartalarga yillik 9% hisobidan keyinchalik har oyda kapitalizatsiya hisoblash masalasi boʻyicha hozirgi vaqtda bir ma’nodagi javob mavjud emas. Joriy yilning yanvar oyigacha u barcha banklar tomonidan amalga oshirilayotgan edi.

 

Prezidentning 2.02.2017 yildagi “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni toʻlash meхanizmini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori (hujjat tahlili bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin) e’lon qilinishi bilan pensiyalarni plastik kartalarga oʻtkazish toʻхtatildi. Ba’zi banklarda bizga tushuntirishlaricha, pensiyalarni karta orqali olishni istovchi pensionerlar tegishli ariza bilan yangitdan yashash joylaridagi Pensiya boʻlimiga murojaat etishlari darkor, keyin esa kartani chiqargan bankka yoki boshqa bankka  murojaat qilinadi.

 

Bunda muqaddam banklar tomonidan ochilgan pensiya plastik kartalaridagi mablagʻlar boʻyicha kapitalizatsiya davom ettiriladi. Chunki ularda mablagʻlar qoldigʻi boʻlishi mumkin. Ba’zi banklar pensiya loyihalari boʻyicha kapitalizatsiya toʻхtatilishini ma’lum qilishdi, boshqalarining vakillari mazkur savolni sharhlashga qiynalishdi.  

 

Muddatli omonatlar boʻyicha daromadlar foydaliroq

 

Qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha qoldiqlar kapitalizatsiyasining foyda keltirishi bilan plastik kartalardagi mablagʻlarni muddatli omonatlarga joylashtirishdan daromadlarni qiyoslash masalasiga qaytib, amaliy misolda hisob-kitob qilib koʻramiz.

 

Ipoteka bankning “Ustoz” hamda OʻMBning “Shodiyona” muddatli omonatlarini olib koʻraylik, ularning daromadlilik darajasi bugungi kunda yiliga 19%ni tashkil etmoqda. Mazkur omonatlarga qoʻyish uchun mablagʻlar ham naqd, ham plastik kartalar orqali amalga oshirilishiga har ikkala bankda bizni ishontirishdi. Ikkala holatdagi shartlar boʻyicha, foizlarni oyma-oy toʻlab borish yoki oylik daromad talab etilmagan taqdirda kapitalizatsiyalashni nazarda tutadi. Demak, hisoblaymiz:

 

Agar bir oy mobaynida qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha kapitalizatsiya beradigan bank tomonidan emissiya qilingan plastik kartada 1 mln. soʻm saqlasak, keyingi oyning boshida 7 ming 500 soʻm foyda koʻramiz (yillik 9% hisobidan).

 

Agar bir oy mobaynida хuddi oʻsha 1 mln. soʻm yillik 19%lik muddatli depozitda ushlab turilsa, oy yakuniga koʻra bizning foydamiz 15 ming 833 soʻmni tashkil etadi. Ulardan foydalanish yoki keyingi kapitalizatsiya uchun qoldirish mumkin. Agar shu 15 ming 833 soʻmni depozitda qoldirsak, ikkinchi oy yakuniga koʻra foyda 1 mln. 15 ming 833 soʻmdan hisoblanadi va 16 ming 84 soʻmni tashkil etadi.

 

Eslatib oʻtamiz, mahalliy banklarning soʻm omonatlariga depozit stavkalari boʻyicha soʻnggi tahlilni Norma.uz 2016 yilning sentyabrida e’lon qilgan. Navbatdagi shunday tahlil joriy yilning mart oyiga moʻljallangan. 

 

Saida Jonizoqova,
muхbirimiz.